Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida tashkil etilgan shtabda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati ishtirokida brifing oʻtkazildi.
Brifingda, bugungi kunda dolzarb boʻlgan mavzular – yaʼni niqoblar ishlab chiqarilishi, xomashyo yetkazib berish, toʻqimachilik korxonalarining eksport masalalari yuzasidan uyushmaning tezkor shtabi va www.uzts.uz saytidagi onlayn konsultant oqali kelib tushgan savollarga javob berildi.
Quyida brifingning toʻliq matni bilan tanishishingiz mumkin.
Assalomu alaykum, hurmatli teletomoshabinlar!
Dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasining bizning yurtimizda keng tarqalishini oldini olish, tibbiyot va boshqa muassasalarining xamda fuqarolarning birlamchi himoya vositalari – yaʼni himoya niqoblari va tibbiyot xalatlariga (kombenizonlar) boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida Respublika Maxsus komissiyasining topshirigʻiga asosan toʻqimachilik va farmatsevtika korxonalari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Fursatdan foydalanib, toʻqimachilik va farmatsevtika sohasi tadbirkorlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Juda qisqa muddatda “himoya vositalari”ni ishlab chiqarilishi 10 barobarga oshdi: fevral oyida 20 ta korxona ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritib, kuniga 200 mingta niqoblar ishlab chiqarilgan boʻlsa, hozirda 200 ta korxona faoliyatini niqob ishlab chiqarishga qayta moslashtirib, ular tomonidan kunlik 2,7 mln dona niqob ishlab chiqarilmoqda va keyingi hafta ichida kunlik 5 mlnga yetkaziladi. Shuningdek, monitoring ostitagi korxonalar tomonidan kuniga 8 mingdan ortiq himoya xalatlari (kombinezon) ishlab chiqarilmoqda.
Respublikada 3 turdagi himoya niqoblari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilib, asosiy xom ashyo sifatida spanbond va meltblaun sintetik notuqima matolari, respublikamizda keng ishlab chiqarilayotgan tibbiy doka va trikotaj mato xom ashyolaridan foydlanilmoqda.
Taʼkidlash joizki, mahalliy tadbirkorlar xitoylik hamkorlar bilan tibbiy niqoblar uchun kerak boʻladigan xom ashyo – spanbond va meltblaun ishlab chiqarish oʻzlashtirilib, Yangiyoʻl tumanida yoʻlga qoʻyildi.
Alohida qayd etamanki, yetkazib berilayotgan tibbiy niqoblardan samarali foydalanish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi talablari asosida ularni vaqtida almashtirish va ayniqsa tibbiy dokadan ishlab chiqarilgan niqoblarni yaxshilab yuvib, dazmollab qayta ishlatilishi tavsiya etiladi.
Yurtdoshlarimizdan kelib tushayotgan soha faoliyatiga oid savollar boʻyicha:
- Toʻqimachilik korxonalari yurtimizning shahar markazlarida joylashgan boʻlib, ularda ishlovchi xizmatchilar har bir viloyatning turli joylaridan maxsus transport orqali korxonalarga olib kelinadi. Hozirda karantin tufayli korxonalar ishchilarini maxsus avtobuslarda tashishni taʼminlay ololmayapti. Bu masalada qanday yordam bera olasiz?
Javob: Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda bugungi kunda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tibbiy ximoya mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ruyxati shakllantirilgan boʻlib, Adliya vazirligiga taqdim etildi. 1-aprel kunigacha ularga 38 ta tegishli ruxsatnoma taqdim etildi. Hozirda korxonalar ruyxatini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Bunga qushimcha, uyushma tomonidan mahalliy hokimliklarga murojaat qilinib, tarmoq korxonalari faoliyatini uzluksiz ravishda tashkillashtirish choralari xam koʻrilmoqda.
- Hozirda niqoblarni dorixonalarda yetishmasligi asosan niqoblarni ishlab chiqarishda zarur boʻlgan xom ashyolarni yetarli emasligiga bogʻliq. Korxona agar shu masalada muammoga uchrasa, qanday yoʻl tutishi kerak?
Javob: Niqoblar masalasi nafaqat bizning yurtimizda, balki butun dunyoda katta masala hisoblanadi. Dunyoda koronavirus infeksiyasini tarqalishi bu maxsulotga boʻlgan talabni bir necha barobarga oshirdi.
Lekin oxirgi yillarda toʻqimachilik soxasiga boʻlgan ulkan eʼtibor evaziga ishlab chiqarish va eksport saloxiyatimiz keskin oshdi va yuqorida taʼkidlaganimday qisqa muddatlarda barcha soxa korxonalarni ximoya niqoblari va xomashyo ishlab chiqarishiga oʻtkazish imkoniyatini yaratib berdi.
Hozirda, korxonalarni xomashyo bilan taʼminlash boʻyicha Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi, Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi bilan birgalikda kerakli xomashyoni charter reyslar xamda tadbirkorlar tomonidan yuk tashish avtotransport orqali import qilish boʻyicha tegishli choralar koʻrildi, misol uchun kuni kecha 20 tonna xomashyo avtotransportda kirib keldi, 3-aprel kuni Urumchidan Toshkentga charter reysda 50 tonna xomashyo, ximoya maxsulotlari va dastgoxlar, 6-apreldan boshlab 20 tonnadan xomashyo avtotransportda olib kelishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, niqoblar mahalliy xom ashyodan – Yangiyuldagi spanbond ishlab chiqarish zavodi, Toshkent shaxar, Buxoro, Sirdaryo, Namangan va boshqa vilotyalarda kuniga 400 ming pogonometr doka (marlya), barcha xudulardagi trikotaj matolaridan ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Bunday niqoblar joriy standartlar talablariga javob berib, yurdoshlarimiz tomonidan keng qoʻllanishi mumkin.
Bizga koʻplab murojaatlar kelib tushdi aynan ishlab chiqarilgan dokali niqoblarning qay darajada virusdan muxofaza qila olishi yuzasidan. Shuni aytishimiz mumkinki, ishlab chiqarilgan niqoblar barchasi gigiyenik boʻlib, toʻgʻri ishlatilgandagina oʻz samarasini beradi. Misol uchun, marli niqoblar Rossiya Federatsiya sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xam sinovdan oʻtkazilgan, va virusga qarshi himoya vositasi sifatida ishlab chiqarilishi kengaytirish talab etilgan. Bunga qoʻshimcha aytishim mumkin, oxirgi oy ichida xamkor davlatlardan xam ayni dokaga boʻlgan talab oshib bormoqda.
- Seximiz tayyor kiyim mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Hozirda tibbiyot niqoblariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, niqob ishlab chiqarmoqchimiz. Buning uchun maxsus ruxsatnoma olishimiz kerakmi yoki qanday talablar mavjud? Ishlab chiqarilgan niqoblar standart sertifikatiga ega boʻlishi kerakmi?
Javob: Sogʻliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda bugungi kunda himoya niqobini ishlab chiqarish uchun aloxida litsenziya yoki boshqa sertifikat olinishi talab etilmaydi, yaʼni himoya niqoblarini ishlab chiqarish uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi. Buyruq namoish etishim mumkin
- Hozirda farzandlarim bilan uydamiz, uyimiz yaqinida joylashgan dorixonalarda niqoblar har doim ham mavjud emas, ularni onlayn tarzda sotib olish tizimi bormi?
Javob. Hozirda bunday xizmatlar nafaqat Toshkentda balkim respublikani boshqa shaxarlarida xam koʻp saytlar orqali yoʻlga qoʻyilgan, respublikadagi barcha onlayn-doʻkonlar bugunda ximoya niqoblarini xam savdosini tashkil qilgan va uyushmaning www.uzts.uz sayti orqali mazkur onlayn-doʻkonlar xaqida maʼlumot olishingiz mumkin.
- Dorixonamga doimiy ravishda niqob va himoya vositalarini yetkazib beruvchi korxona bilan shartnoma tuzmoqchiman. Ammo, korxonalarni topish imkoni boʻlmayapti. Uyushma qanday yordam qila oladi.
Javob: Hozirda Uyushma qoshida Agentlik faoliyat yuritib, shahrimiz dorixonalariga himoya niqoblarini yetkazib berish uchun tarmoq korxonalari bilan aloqa oʻrnatilgan. Yana bir marotaba aytib oʻtaman uyushma saytida 200dan koʻp niqob, xalat, doka ishlab chiqaruvchi korxonalar xaqida maʼlumot mavjud. Ushbu Agentlik yoki sayt orqali tizimdagi korxonalar bilan niqoblarni shartnoma asosida sotib olish mumkin.
Yirik farmatsevtika savdo tizimlar jumladan “Dori Darmon” dorixonaliri bilan mustaxkam aloqalar yaratilgan vu ularda doimiy nikoblar borligi taʼminlanadi.
- Himoya niqoblarini narxi shakllantirilishi va barqarorligini taʼminlash boʻyicha nima ishlar amalga oshirilayabdi
Javob: Monopoliyaga qarshi kurashish qumitasi, Bosh prokuraturadagi Departament bilan birgalikda himoya niqoblari narx-navolari boʻyicha muntazam ravishda monitoring oʻrnatilib, ishlab chiqarilayotgan shaxsiy himoya vositalarining ulgurji narxi foydalanilgan xom ashyodan kelib chiqib, xususan, spandbon asosidagi niqoblar 800-2100 soʻm, dokadan tayyorlangan niqoblar 1000-1500 soʻm, trikotaj matosidan tayyorlangan niqoblar 1500-1700 soʻm miqdorida shakllantirilgan.
- Bizning korxonamizning asosiy faoliyat turi ip-kalava ishlab chiqarish. Ishlab chiqarilgan mahsulotimizning 80 foizidan oshigʻi MDX davlatlari, Turkiya va Xitoyga ekport qiladi. Hozirda dunyoda va Oʻzbekistonda mavjud koronavirus pandemiyasi vaziyatida toʻqimachilik mahsulotlari eksporti keskin qisqarmoqda. Eksportga ortilgan maxsulotlarni rasmiylashtirishda muammolar mavjud, transport xarajatlari ham keskin oshgan, maxsulot tannarxini pasaytirish imkoni yuk, xaridorlar esa narxni pasaytirishni soʻrashmoqda. Bu vaziyatda davlat tomonidan toʻqimachilik korxonalari qoʻllab-quvvatlash uchun qanday choralar koʻrilmoqda?
Javob: Muxtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 19-martida qabul qilingan 5969-son farmoni doirasida Hukumatimiz tomonidan Inqirozga qarshi choralar belgilangan boʻlib, uyushmada toʻqimachilik korxonalariga eksport masalalarida koʻmaklashish boʻyicha tezkor Shtab tashkil etilgan.
Korxonalar faoliyati bilan bogʻliq muammolarni tezkor xal etish jumladan: uzluksiz elektroenergiya, xom ashyo, aylanma mablagʻlar va shu kunlarda ishchilar bilan taʼminlanishi bilan bogʻliq barcha masalalar boʻyicha tezkor choralar koʻrilmoqda. Misol uchun sohadagi oyiga 1 mln. dollardan koʻp eksport qilivchi 37 ta korxona doimiy monitoringga olingan. Albatta eng katta koʻmak Bosh vazir oʻrinbosari S.Umurzoqov boshchiligidagi Komissiya tomonidan har bir korxona masalasi ijobiy xal qilib kelinmoqda.
Hozirda transport xarajatlarini kompensatsiya qilish, aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash, ayrim toʻlovlarni kechiktirish mexanizmlari joriy etilmoqda, Transport vazirligi bilan muntazam aloqa oʻrnatilib, temir yoʻl orqali yuklarni markazlashgan holda yetkazib berish, chegaralarda toʻxtab qolgan yuklarni manziliga yetkazish choralari koʻrilmoqda. Davlat soliq qoʻmitasiga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman, oxirgi 3 kunda eksportdan vujudga kelgan ortiqcha toʻlangan QQSni qaytarilishi natijasida 50 mlrd. sumdan ortiqroq mablagʻlar korxonalar hisob raqamlariga qaytarildi.
Joriy yil 1-choragida 456 mln dollarlik toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 126%ga oshdi.
Agarda sizning korxonangizda mahsulot eksporti bilan muammo mavjud boʻlsa, Uyushmaning quyidagi aloqa telefoni va uyushmaning rasmiy veb-sayti orqali murojaat etishingiz mumkin.
Bugungi kunda vujudga kelgan pandemiyani oldini olish borasida bir qator vazifalar turibdi. Bu yoʻnalishda ijobiy oʻzgarishlarga erishayotganligimizni qayd etsam boʻladi. Mazkur holat dunyo qarashimizni oʻzgartirayotganligi, gigiyena qoidalariga toʻliq rioya etishimiz – sogʻlom turmush tarzini yuritish imkonini yaratmoqda.
Barcha soxa tadbirkorlarga murojat qilmoqchi man. Isloxatlar namunasi boʻlgan toʻqimachilik soxasi shu kunlarda ham Muxtaram Prezidentimiz aniq koʻrsatib bergan yoʻnalishlar va bir maqsad atrofida jipslashib barcha imkoniyatlarni yoʻlga qoʻyib ximoya vositalarni ishlab chiqarish va axoliga yetkazib berish, maxsulotlarni eksportii yanada oshirib mamlakatimiz va xalqimiz faravonligini taʼminlash ustida ishlaylik.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Uyda qoling, salomat boʻling.
https://uzts.uz//uzts.uz//www.youtube.com/watch?v=I5h0mj6Bt-U
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



