Seminar kengashda 2021/2022 oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrish, professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan oʻquv-meʼyoriy hujjatlari bilan tanishtirish, oʻquv-metodik taʼminotni kuchaytirish, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy yetish masalalari koʻrib chiqildi.
Ushbu seminar yigʻilishida “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi Kadrlar va taʼlim muassasalari bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi S.R.Odinayev va bosh mutaxassisi Z.Osamov, Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bosh mutaxassisi B.D.Sharipov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining «Tikuv buyumlarini konstruksiyalsh va texnologiyasi» kafedrasi dotsenti M.A. Babadjanova oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar.
Shuningdek “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi Qarshi yengil sanoat, Jarqoʻrgʻon toʻqimachilik kollejlarining direktor oʻrinbosarlari hamda Toshkent shahridagi turdosh yoʻnalishlari boʻyicha kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarning maxsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalari qatnashdilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT






