Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi davrida aholi va biznesni qoʻllab quvvatlash uchun navbatdagi choralar tasdiqlandi.
Prezident “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.
Unga koʻra, 2020-yil 1-iyundan 1-sentyabrgacha quyidagilar mol-mulk va yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi:
- kichik tadbirkorlik subyektlari;
- bozorlar va savdo majmualari;
- kinoteatrlar;
- umumiy ovqatlanish joylari;
- jamoat transportlari tashkilotlari;
- sport-sogʻlomlashtirish muassasalari;
- shuningdek, yoʻlovchilarni tashish, maishiy xizmat koʻrsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan banketlar tashkil etish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslar.
Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlariga 2020-yil 9-martdagi PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmonlarga muvofiq, aprel-may oylari uchun taqdim etilgan, mol-mulk va yer soligʻining foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) summalaridan; 2020-yil 1-yanvardan boshlab 2020-yil 15-maygacha boʻlgan muddatda yer va mol-mulk soligʻi boʻyicha hisoblangan penya va jarimalardan voz kechiladdi.
Tadbirkorlar uchun tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olib kirishda (import) qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni 120 kungacha kechiktirish huquqi beriladi.
2020-yil 1-maydan 1-iyulgacha mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha pasaytiriladi.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan davlat korxonalari va yuridik shaxslar bundan mustasno.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



