Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri — jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, doʻstlik muhitini va koʻp millatli katta yagona oila tuygʻusini mustahkamlash, boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari taqdim etgan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, ilm-fan va madaniyat sohalarida samarali mehnat qilib, Vatanimizning gullab-yashnashiga va uning mustaqilligini mustahkamlashga, respublikaning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va imijini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
Toshkent shahar hokimligi Madaniyat boshqarmasi buyurtmasiga asosan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi qoshidagi “Sharq liboslari dizayn markazi” MCHJ mutaxassislari tomonidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan turli millatlar Madaniy Markazlari bilan hamkorlikda har bir millatning milliy ramzlari, anʼanalari, etnik kiyimlarini chuqur oʻrgangan holda yangi liboslar turkumi yaratildi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT













