Matbuot anjumanida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Vaxabov Davron Abdujalolovich va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Matbuot hizmati rahbari, Uyushma raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Kuchkarova Shaxzoda Yokubjanovna ishtirok etdi.
Har bir chekka xuddudga tashrif buyursangiz aynan toʻqimachilik fabrikalariga koʻzingiz tushadi. Ohirdi 4 yil ichida Hukumat tomonidan belgilab berilgan rivojlanish strategiyasi bugunga kelib oʻz samarisi berdi. Sanoat korxonalari tadbirkorlikni rivojlanitirishda (8 mingga yaqin korxona), bandlikni taʼminlashda (501,0 mingdan ziyod ishchi-xizmatchilar), ayniqsa ayollar va yoshlarni bandiligi (korxonalarda 60% ortiq ishchilar ayol va yoshlar), chekka hududlarda korxonalar tashkil etishda (har bir tumnada toʻqimachilik korxonalari mavjud), horijiy investitsiyalarni jalb qilishda (3.2 mlrd.doll.), mahsulot eksportida (3.05 mlrd.doll.), qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda (paxta-toʻqimachilik klasterilari va ular orqali soʻnggi 30 yilda qishloq hujaligi texnikalari yangilanishi, paxta xosildorligi oshirilishi, suv tejash tizimlarini joriy qilinishi)ga ulkan xissa qoʻshishdi.
Oʻzbekiston yillar davomida paxta resurs markaziga aylanib kelgandi, bugungi kunda biz oʻzimizda yetishtirilgan 3.0 mln.tonnadan oshiq paxtani 100% qayta ishlash quvvatlarini yaratdik va qoʻshni davlatlardan paxta tolasini import qila boshladik.
Bundan tashqari, toʻqimachilik korxonalari respublika hududidan tashqarida qoʻshni davtlar toʻqimachilik sanoatiga investitsiya kiritib yangi korxonalar ishga tushirishdi. Bunda “Nil granit” MCHJ, “Astera tekstil” MCHJlarni misol qila olamiz, ushbu korxonalar qoʻshni Qirgʻiziston va Qozigʻistonda oʻz faoliyatini kengaytirishga erishishdi. Hozircha sanoat tarmoqlari ichida bu natija faqat toʻqimachilik sanoatida amalga oshirildi.
Yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda toʻqimachilik sanoati korxonalari urgʻuni aynan tayer mahsulot ishlab chiqarish va uning eksportdagi ulushini oshirishga qaratishdi. Hozirda aralash kalava ip, matolar ishlab chiqarishni kengaytirmoqdamiz. Bundan tashqari djinsi mahsulotlari ishlab chiarilishi kengaytirildi.
Barcha maʼlumki yil boshida Yevrokomissiyasi tomonidan Yevroittifoq xududiga eksportni rahbatlantirish maqsadida GSP+ tizimi tadbiq etildi. Bu yil hisobidan 100 mln.dollardan ortiq mahsulot Yevropaga eksport qilindi. Bu yil Uyushma tomonidan toʻqimachilik mahsulotlarini Yevropa standartlari asosida ishlab chiqarish yuzasidan samarali ishlar amalga oshirildi. Har bir viloyatda Yevropa bozoriga kirish va xalqaro standartlarning joriy qilish yuzasidan seminar va oʻquv treninglari tashkil etildi. Natijada, bugunga kelib Oʻzbekiston organik (eko) paxta ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga qirdi. 9 turdan oshiq xalqaro standartlar
55 ta korxonalarda joriy qilinishiga erishildi. Yana bir quvonarli natija – Posco International korxonasi respublikada GRS (Global Recycled Standard) va RCS (Recycled Claim Standard) olgan birinchi toʻqimachilik kompaniyasi boʻldi.
Bundan tashqari oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksportini oshirish va sanoat salohiyati bilan tanishish maqsadida ilk marotada Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorligida 45 dan ortiq mahalliy korxonalaridan tashkil topgan Savdo Missiyasi Fransiya, Italiya, Ispaniya, Polsha kabi davlatlarda boʻlib V2V, V2S, B2G uchrashuvlar, forumlar, koʻrgazmalarda ishtirok etib qaytishdi. Natijada, yangi kelishuvlar va shartnomalar imzonlandi. Toʻqimachilik korxonalarining koʻrgazmalardi ishtirok etishi harajatlari ilk marotada toʻliq Xukumat tomonidan qoplab berildi.
2022-yilda Uyushma eʼtiborni 3 ta asosiy masalaga qaratishni belgilagan:
- Sanoatda malakali kadrlarni tayerlash va yangi toʻqimachilik oliygohlarini tashkil etish;
- Xalqaro koʻrgazmalarda oʻzbek toʻqimachilik korxonalari ishtirokini kengaytirish va mahalliy mahsulotlarni keng targʻib qilish;
- Yangi bozorlar sifatida Yevropa, Afrika va Amerika bozorlariga eksportni jadallashtirish.
Misol uchun, nega aynan AQSH, Afrika va Yevropa bozorlari?
AQSHga 2021-yil yakuni boʻyicha 2 250 ming dollarlik eksport amalga oshirilgan, AQSH ulkan imkoniyatlarga ega bozor, ahosi soni 332 mln.dan ortiq. Toʻqimachilik mahsulotlari isteʼmoli 27.0 mlrd.dan ortiq.
Yevropa ittifoqiga esa 2021-yil yakuni bilan 135 752.1 ming dollarlik eksport amalga oshirildi, aholi soni 446.0 mln.dan ortiq. Toʻqimachilik mahsulotlari isteʼmoli 250 mlrd.dan ortiq. Dunyoda ishlab chiqariladigan toʻqimachilik mahsulotlarining isteʼmoli 23% aynan Yevropa davlatlariga toʻgʻri keladi- bu Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Gollandiya. Asosan trikotaj mahsulotlari import qilinadi. Rumыniya, Vengriya, Xorvatiya va Polsha davlatlari tez suratlarda toʻqimachilik mahsulotlarni import qiluvchi Yevropa davlatlari qatoriga kirib bormoqda. Aynan koʻrsatib oʻtilgan davlatlar bilan hamkorlik kengaytiriladi.
Afrika davlatlari 2021-yil yakuni bilan 32 500 ming dollarlik eksport amalga oshirildi aholi soni 1.2 mlrd.dan ortiq.
Bu bozorlar Oʻzbekiston uchun yirik bozorlar boʻlib 2022-yilda bu bozorlarga eksport xajmi bir necha barobarga oshirish koʻzda tutilgan.
- Xorijiy taʼlim muassasalarini jalb qilish
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti xamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetining koʻp yillardan buyon hamkorlikda ishlashi, 2019-yil
9-10-sentyabrda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Taʼlim va fan boʻyicha boʻlib oʻtgan xalqaro konfrensiyada imzolangan bayonnoma va “Yoʻl xaritasi”da filial ochish koʻzda tutilgan boʻlib, bugungi kunda “toʻqimachilik sanoat texnologiyasi (sohalar boʻyicha)”, “texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv (sohalar boʻyicha)”, “iqtisodiy xavfsizlik”, “matbaa va qadoqlash” taʼlim yoʻnalishlariga talabalar qabul qilingan.
Fransiyaning “Parij moda va dizayn” modalar akademiyasi, Rossiyaning Ivanovo davlat politexnika universiteti, Kostroma davlat universitetlari bilan hamkorlikdagi Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma “Toʻqimachilik va matbaa texnologiyalar” fakultetlari bilan xamkorlikda qoʻshma fakulteti ochilgan.
Bugungi kunda tarmoq yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda taʼlim yoʻnalishlari ochilishi rejalashtirilgan:
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti (TTESI):
A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetining iqtisodiyot sohalari uchun mutaxassislarni tayyorlash uchun Toshkentdagi filialiga talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarga merchendayzing, massmedia, marketing, innovatika (toʻqimachilik soxasi) va nanotexnologiya (soxalar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishlari;
Xitoy davlatining “Donghua” universiteti bilan xamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda va qoʻshma fakultet ochilishi;
Janubiy Koreyaning Djongbu universiteti bilan “Toʻqimachilik va matbaa” fakultet ochilishi;
Stambul Texnika Universiteti (İstanbul Technical University) toʻqimachilik yoʻnalishi;
Quyi Reyn Universiteti (Hochschule Niederrhein) (Germaniya) Toʻqimachilik va kiyim-kechak texnologiyasi, Elektrotexnika va kompyuter fanlari, Mashina va texnologik muhandislik, Dizayn, Iqtisodiyot, Sanoat muhandisligi yoʻnalishlari;
Dortmund Texnika universiteti (Germaniya) Dizayn yoʻnalishi;
Vuppertal Berg universiteti University of Wuppertal (BUW) (Germaniya) matbaa, mashinasozlik, xavfsizlik texnologiyalari, sanoat dizayni yoʻnalishi;
Uxan toʻqimachilik universiteti Wuhan Institute of Textile Engineering (WIST) Xitoy, Toʻqimachiliu va tikuv sanoati texnologiyalari yoʻnalishlari.
Toʻqimachilik sanoati raqamlarda
Sohadagi raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2021-yil yakuni boʻyicha toʻqimachilik korxonalari tomonidan jami 1,0 mln, 5 ming tonna paxta tolasi qayta ishlandi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 31,9 trln.soʻmni (oʻsish surʼati – 140,7 foiz), shundan 19,8 trln soʻmlik xalq isteʼmol mollari (133 foiz) tashkil etdi. Jumladan, mahsulotlar kesimida ip kalava – 747,0 ming tonna (118,6 foiz), ip gazlama – 510,0 mln kv.metr (125,6 foiz), trikotaj mato – 175,0 ming tonna (146,3 foiz), paypoq mahsulotlari – 293,1 mln juft (114,0 foiz), trikotaj mahsulotlari – 175,0 mln. dona (115,9 foiz) va tikuvchilik mahsulotlari –571,0 mlrd.soʻm (143,4 foiz) miqdorida ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 36 ta loyiha boʻyicha umumiy qiymati 566,8 mlrd.soʻmlik tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarildi.
Investitsiya dasturi doirasida 21 ta loyiha boʻyicha 232,9 mln. dollar miqdorida investitsiyalar, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar xajmi 150,6 mln.dollar (rejaga nisbatan 100 foiz) oʻzlashtirildi.
2021 yil yakuniga koʻra, 1 250 korxona tomonidan dunyoning 70 ga yaqin davlatlariga jami 3 035,3 mln.dollarga (2020-yilga nisbatan 162,4%). 2021-yil yakuni boʻyicha ip kalavaning jami eksportdagi ulushi 55,4%ni tashkil etdi, qoʻshimcha va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarning ulushlari 44,6% tashkil etib 2020-yilga nisbatan oʻsish surʼati 141 foiz.
Mahsulotlar eksportida Rossiya – 32,0% (950,0 mln.doll.), Xitoy – 22,0% (630,0 mln.doll.), Qirgʻiziston – 13,0% (385,0 mln.doll.), Turkiya – 16,0 (460,0 mln.doll.) asosiy hamkor davlatlarni tashkil etdi.
Hududlarni rivojlantirish dasturlariga muvofiq, 2021 yilda umumiy qiymati 733,2 mln. dollarga (shundan 447,3 mln.doll. xorijiy investitsiya va kredit) teng 85 ta yirik toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari amalga oshirildi hamda 22 000 dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil qilindi.
Soliq va bojxona imtiyozlari:
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob- uskunalar bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etildi.(VM 352-qarori 04.06.2021 y). Ushbu qaror natijasida natijasida toʻqimachilik korxonalari yillik davrda 380,6 mlrd soʻmlik bojxona va soliq toʻlovlaridan ozod boʻladilar
Ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar bojxona boji “nol” stavkada qoʻllaniladi (PQ-5262 20.10.2021 y). Korxonalar yiliga 19,5 mlrd soʻmlik bojxona va soliq toʻlovlarini amalga oshirmaslik imkoniyatiga ega boʻladilar.
Hisobot davri natijalari boʻyicha yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam boʻlmagan eksport ulushiga ega boʻlgan korxonalar 2023-yil 1-yanvarga qadar mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi (PQ-4453 16.09.2019). Buning natijasida korxonalar 6,2 mlrd soʻmlik mol-mulk soligʻini toʻlashda ozod etiladilar.
Shuningdek, Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari korxonalarining foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish, tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarishga 300 mingdan-10 mln AQSH doll.dan ortiq toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etgan holda tashkil etiladigan korxonalarga 3-7 yilgacha soliqlar boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladi.
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
Matbuot xizmati
PRESS SLUJBA
Asssotsiatsii “Uztekstilprom”
+998 71 202 22 44 (137, 187,188)
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



