
Aksiyadan asosiy maqsad – xalqimiz orasida jamoat joylarida shaxsiy gigiyenaga boʻlgan eʼtiborni kuchaytirish, niqoblar tanqisligida vahima qoʻtarish va har xil maʼlumotlarni tarqalishini oldini olish va toʻqimachilik korxonalari tomonidan tibbiyet niqoblari yetarli darajada ishlab chiqarilayetgani va narx oshirilmayotganini qoʻrsatishdan iborat boʻldi.
Bunday aksiyalar bir qator tadbirkorlarimiz tomonidan amalga oshirildi.

Tadbir davomida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi dizaynerlari tomonidan dokadan uy sharoitida niqoblar tayerlash boʻyicha maslahatlar berildi.

Shuni taʼqidlash joyizki hozirda toʻqimachilik korxonalari tomonidan kunlik 500 mingdan ortiq niqoblar ishlab chiqarilmoqda. Bu quvvatlarni 1.5 mln.donaga yetkazish boʻyicha chorala koʻrilgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasida kunlik niqoblar ishlab chiqarilishi 1.2 mln.donani tashkil etmoqda.

Bozor va bekatlarni kuzatar ekanmiz bir qiziqarli holatga guvoh boʻldik – internet va OAVda eng koʻp muhokama boʻlayotgan oziq-ovqatni aholi tomonidan koʻp miqdorda sotib olinayetgani haqida gaplar bozorlarda oʻz tasdigʻini topmadi. Yurtdoshlarimizda xech qanday qoʻrquv yoʻq va bozorlar odatiy tusda ishlamoqda.






Shu oʻrinda aksiyaga oʻz xissasini qoʻshgan barcha toʻqimachilik korxonalariga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Toʻqimachilik korxonalari ushbu fleshmobda faol ishtirok etishga chaqiramiz.
#Qiyinchilik_ustida_foyda_koʻrmaymiz
#vahimasizkarantin
#karantinbezpaniki
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” matbuot xizmati
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT


