“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati Germaniyaning Amaliy Fanlar universiteti professori Marion Xalfman va TITLP vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi, unda talabalarni toʻqimachilik sanoati uchun tayyorlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Jumladan, professor toʻqimachilik instituti talabalarini Germaniya universiteti dasturi doirasida oʻqishga yuborish, shuningdek, boʻyash, loyihalash, paxtani birlamchi qayta ishlash va toʻqish kabi yoʻnalishlarda qisqa muddatli kurslar tashkil etish imkoniyati haqida taklif bilan chiqdi.
Amaliy Fanlar universiteti 1971-yilning 1-avgustda 8 ta oliy texnik taʼlim muassasalari, uchta muhandislik maktablar va kasb va sanʼat maktabi birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Unda 14 215 talabalar tahsil oladi va Germaniyada amaliy fanlarni oʻqitish boʻyicha kuchli 10 ta yirik universitetlaridan biri hisoblanadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



