Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimiz “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida ”gi farmonni imzoladi.
Sohada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati uchun Oʻzbekiston toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uyushmasi raisi Xaydarov Ilxom Utkurovich “DOʻSTLIK” ordeni bilan taqdirlandi!
Shuningdek ushbu farmon bilan quyidagilar soha xodimlari ham yuksak davlat mukofotlari – faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:
“DOʻSTLIK” ordeni bilan
- Ahrorov Zayniddin Xudoyqulovich – Urgut tumanidagi “Urgut tekstil shifer” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Samarqand viloyati
- Vaxabov Davron Abdujalalovich – Shahrisabz shahridagi “Oq saroy klaster” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Qashqadaryo viloyati
- Ismatullayev Dilshod Xayrullayevich – Chust tumanidagi “Chust tekstil” xususiy korxonasi direktori, Namangan viloyati
- Sultanov Ibroxim Ashiraliyevich – Qoʻshtepa tumanidagi “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari, Fargʻona viloyati
- Qodirov Botirjon Muxammadqodir oʻgʻli – Boʻston tumanidagi “Sayyora favvorasi” xususiy korxonasi taʼsischisi, Andijon viloyati
“KELAJAK BUNYODKORI” medali bilan
- Zuxurov Botirjon Djumayevich – Guliston shahridagi “Neo Cotton” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Sirdaryo viloyati
- Abdullayeva Nasiba Muxammadi qizi – Qumqoʻrgʻon tumanidagi hunarmand-toʻquvchi, Surxondaryo viloyati
- Faraxutdinova Veronika Leonidovna – Gʻuzor tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Qashqadaryo viloyati
- Sharopova Dilorom Ibroximovna – Romitan tumanidagi hunarmand-tikuvchi, Buxoro viloyati
“SHUHRAT” medali bilan
- Allamova Muborak Rozimovna – Beruniy tumanidagi “Beruniy textile invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati dastgoh operatori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
- Axmadaliyev Abdulaziz Botiraliyevich – Mirzachoʻl tumanidagi “Mirzachoʻl teks” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
- Bobojonov Dilshod Maxmudovich – Buxoro shahridagi “Kamalak Shabnam teks” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
- Nabijanov Elyorbek Zakirovich – Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Khantex Group” masʼuliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Andijon viloyati
- Xolnazarov Shavkat Kaxramonovich – Navoiy shahridagi “Ishonch gilam” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati
“FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN” Ordeni bilan
- Naubetova Altinay – Shumanay tumanidagi gilam toʻquvchi hunarmand, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Soha rivoji yoʻlida fidokorona faollik koʻrsatib kelayotgan barcha hodimlarga mustahkam sogʻlik, kuch-quvvat va muvaffaqiyat tilab qolamiz. Yuksak davlat mukofoti bilan muborakbod etamiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



