Bu DSBlarda umumbelgilangan soliqlar boʻyicha maʼlumotlarni jamlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish choralari koʻrilmoqda hamda soliq toʻlovchilarga odatdagi tartibda va masofadan turib xizmatlar koʻrsatish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Bu nima beradi? QQS maʼmurchiligi – oddiy jarayon emas. Soliqni hisoblash tizimi ham murakkab. Bunda soliq toʻlovchilarga maslahat berish va amaliy yordam koʻrsatish juda muhim hisoblanadi. Tajriba shuni koʻrsatyaptiki, tuman soliq inspeksiyalari bu ishni yetarli darajada uddalamayapti. Natijada soliq hisobotida xatolar, qayta hisoblashlar koʻpaymoqda. Soliq toʻlovchilar esa viloyat boshqarmalariga shikoyat qilib, muammoning hal qilinishiga erishmoqda.
Yangi mexanizm xizmat koʻrsatish sifati va tezligini oshirishga yordam beradi, soliq toʻlovchilarning soliq organlariga birinchi murojaatida yechimini topmagan muammosi boʻyicha yuqori organga murojaat qilish holatlari bir necha barobar kamayadi.
Ish manzilli ravishda, vazifalarni aniq taqsimlash va har bir masalani batafsil oʻrganish asosida tashkil etiladi. Sifatli servis xizmati soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini oʻz vaqtida va ixtiyoriy ravishda bajarishga imkon beradi.
Tarkibiy tuzilmani qayta tashkil etish tadbirkorlik subyektlaridan hech qanday qoʻshimcha harakatlar talab qilmaydi. Bu tizimga oʻtkazish soliq xizmati xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, bugungi kunda Davlat soliq qoʻmitasida 96130ta subyekt QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan.
Yuqoridagi tartib birinchi bosqichda Toshkent shahri, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshiriladi va jami 29170ta QQS toʻlovchisini qamrab oladi. 1-oktyabrdan boshlab bu mexanizm butun respublika boʻylab amalga oshiriladi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



