Urgut tumani hokimligi, “URGUT CHINA CARTONS” MCHJ & “BIBI TEKS” MCHJ, hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi tuman filiali hamkorligida 2-sektor hududida joylashgan “Tersak, Uzunsoy” mahallasida yashovchi “Saxovat va koʻmak”ga muhtoj oilalarning 14 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari shakllantirilgan roʻyxat asosida nogironligi boʻlgan, ehtiyojmand, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan va kunlik ishlarda ishlovchi fuqarolarga moddiy yordamlar berildi.
Shunday sinovli kunlarda ehtiyojmandlarga yordam qoʻlini choʻzayotgan saxovatpesha insonlarga “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
















O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT


