Oʻzbekiston Respublikasi Toʻqimachilik va tikuvchilik va trikotaj sanoati xodimlari kuni munosabati bilan xalqaro tashkilotlar va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamkor tashkilotlari tomonidan tabriklar kelishda davom etmoqda.
Xalqaro mehnat tashkiloti ham ushbu sanaga alohida eʼtibor qaratdi. XMTning Asosiy prinsiplari va huquqlari boʻlimining katta xodimi, Oʻzbekistondagi “Uchinchi tomon monitoringi” loyihasi koordinatori Franchesko DeOvidio oʻz xatida paxta yigʻim-terimida bolalar va majburiy mehnatga barham berish borasida Oʻzbekiston katta yutuqlarga erishganini eʼtirof etdi.
Xususan, xatda “…. – Men Oʻzbekistonning paxta yetishtirishda davlat buyurtmasi tizimini bekor qilishi va sohani xususiylashtirishga qaratilgan bozor modeliga oʻtishini va ayni paytda Oʻzbekistonning yirik toʻqimachilik va kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchisi sifatida koʻrsatishga intilayotganini katta qiziqish bilan kuzatdim. Ushbu islohotlar hal qilinishi mumkin boʻlgan majburiy mehnat bilan bogʻliq xatarlarni bartaraf etish, shuningdek adolatli ishga yonlash va yetarli ish haqini taʼminlovchi kafolatlangan doimiy bandlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, Franchesko DeOvidio Oʻzbekiston Toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati uyushmasi va uning aʼzolari respublikada bandlik masalalarini hal qilishda eng asosiy boʻgʻin ekanligi taʼkidlagan.
“- Oʻzbekiston xalqaro hamjamiyatning har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishiga loyiqligini namoyish etdi va XMT Oʻzbekiston hukumati, ish beruvchilar, kasaba uyushmalari va fuqarolik jamiyati bilan Oʻzbekistonda aholiga munosib va samarali mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda erkinlik, tenglik, xavfsizlik va inson qadr-qimmati shartlari masalasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildiradi”- deyiladi murojaatda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



