Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Eshonobod qishlogʻida zamonaviy tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushdi.
Aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash orqali ularning turmush farovonligini oshirish “Obod qishloq” dasturining bosh maqsadlaridan biri.
Endilikda qishloqda yashovchi chevarlar zamonaviy tikuv korxonalarida mehnat qilib, roʻzgʻoriga baraka kiritmoqda.
Olis bir hududda markazdagidan aslo qolishmaydigan korxona qurilgani, ikki smenada 500 nafar xotin-qiz tomonidan zamonaviy andozalar asosidagi kiyimlarni tikilayotgani, mahsulotlarni eksportga chiqarish ham boshlangani mehmonlar tomonidan eʼtirof etildi.
Ahamiyatlisi, shu yerda xotin-qizlarga tikish-bichish sir-asrorini oʻrgatuvchi 200 oʻrinli zamonaviy oʻquv markazi ham ish boshladi. Korxona oyiga 6 ming dona kiyim-kechak tayyorlash quvvatiga ega.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



