Bugun Uyushma binosida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamkorligida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Biznes boshqaruv” fakulteti Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabalarining Bitiruv malaka ishlarini himoyasi boshlandi.
Uyushma raisi maslahatchisi Muxammedova Dilbar Maxmudovna Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriat yo‘nalishi bitiruvchilarini Davlat attestatsiya sinovlarini o‘tkazish uchun tuzilgan xay’atga rais etib tayinlandi.
BMI davomida 10 dan ortiq bitiruvchi talabalar o‘zlarining “Globallashuv sharoitida eksportga yo‘naltirilgan korxonaning raqobat strategiyasini ishlab chiqish”, “Yengil sanoatda yangi korxona va klasterlarni tashkil etish”, “Sanoat korxonalari marketing strategiyasini ishlab chiqish” kabi dolzarb mavzudagi bitiruv malakali ishlarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida himoyaga olib chiqdi.
Ikki kun davom etadigan himoyada bo‘lajak bitiruvchilarga ulkan muvofaqiyatlar tilagan holda, kelajakda bitiruv malaka ishlari orqali sohada mavjud muammolarni bataraf etishlariga tilakdoshmiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




