Iroq Respublikasi delegatsiyasi “Sam Rafoat Tekstil” korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni va korxonada tashkil etilgan mahalliy mahsulotlar ko’rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida, 25 dan ortiq mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan eksportbop mahsulotlar ko‘rgazmasi delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida Iroq Respublikasidan tashrif buyurgan 70 dan ortiq tadbirkor va mehmonlar mahalliy to‘qimachilik hamda tikuv-trikotaj korxonalari ishlab chiqarish salohiyati, mahsulot sifati va eksport imkoniyatlari bilan tanishdi.
Shuningdek, ushbu jarayonida tezkor B2B uchrashuvlar tashkil etilib, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








