Bugun, 7 may kuni Toshkentda “Vengriya biznes delegatsiyasi” Huqumatlararo komissiyasi doirasida “O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Baxt Textile, Nil Granit yirik paxta va to‘qimachilik klasterlari, Yuksak Service Tekstil tayyor mahsulotlar kompaniyasi ishtirok etdilar.
Undan tashqari, ishtirokchilar Vengriya yengil sanoat uyushmasi, Fivosz – Yosh tadbirkorlar milliy uyushmasi va “Art Work Design” kompaniyasi vakillari bilan V2V uchrashuvlarini o‘tkazdilar.
Shunda, mamlakatning to‘qimachilik, kiyim-kechak, charmva poyabzal sanoatining 100 ga yaqin korxonalarini o‘z ichiga olgan Vengriya yengil sanoat uyushmasi bilan muzokaralar chog‘ida o‘zbek korxonalari o‘z salohiyatini namoyish etdilar va “O‘zto‘qimachiliksanoat” vakillari hamkorlikni, “Made in Uzbekistan” brendini Yevropa bozorida ilgari surish uchun Vengriyada omborxona ochishni taklif qildilar.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridan 5000 dan ortiq 35 yoshgacha bo‘lgan yosh tadbirkorlarni birlashtirgan Fivosz – Yosh tadbirkorlar milliy uyushmasi bilan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatishga kelishib oldilar.
Art Work Design kompaniyasi vakili Andras Fedoszejev bilan munozaralar sanoat korxonalarini boshqarish uchun dasturiy ta’minot dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek suv resurslarini tejash yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




