Toshkent investitsiyaviy forumi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi rahbariyati UNECE mas’ul kotibi Tatyana Molchan bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Muhokamalar davomida korxonalarning Yevropa brendlari bilan ishlash, to‘qimachilik chiqindilarini qayta ishlash va suv resurslaridan samarali foydalanish sohasidagi vakolatlarini oshirishga qaratilgan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari aniqlandi. Shuningdek, ular Sustainability Pledge by UNECE innovatsion platformasi yordamida to‘qimachilik sanoatini chet elda targ‘ib qilish masalalariga to‘xtaldilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar Uyushma rahbariyatining Milanda bo‘lib o‘tadigan UNECE Scaling Transparency Event ni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yillik konferentsiyasida ishtirok etish to‘g‘risida kelishib oldilar. Bundan tashqari, UNECE delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ITMF & IAF 2024 konferentsiyasida qatnashish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ushbu qadamlar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida barqaror rivojlanishga ko‘maklashish va iqtisodiyotning ushbu muhim sektorida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga imkon beradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




