Sanoatning ishbilarmon ayollari diqqatiga!
“Kreativ industriyalarda brendni boshqarish. Texnologiyalar, drayverlar, innovatsiyalar” ekspert dasturiga qabul boshlandi. Dastur Parijdagi IEERP – PR Yevropa instituti ko‘magida taniqli frantsuz mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Dastur tinglovchilari – Moda sanoati va to‘qimachilik sohasidagi mutaxassislar, shaxsiy brendlari asoschilari, dizaynerlar, consept-store va ixtisoslashtirilgan parda va interyer do‘konlari rahbarlari, ixtisoslashtirilgan universitetlarning o‘qituvchilari quyidagi qimmatli bilimlarga ega bo‘ladilar:
– brendlarni boshqarish innovatsion texnologiyalari;
– kommunikatsiyalar drayver modeli;
– brend uchun qo‘shimcha qiymat yaratishda art-kommunikatsiyalar;
– kommunikatsiyalar resurslarini tahlil qilish;
– brend DNK va trendlar talqinlari.
Joylardagi tadbirlarda (LV Dreams, Galerie Dior, Musee des Arts Decoratifs) amaldagi brending texnologiyalariga e’tibor qaratiladi: afsonaviy mahsulot yaratish, “kommunikatsiyalar zanjiri”, art-hamkorlik, brend muhitini yaratish texnologiyalari (teasing, storytelling, event-communication).
Rus tiliga tarjimasi bilan Dastur 2024 yil 29 iyundan 4 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Uning davomida Dior muzei, Yves Saint Laurent va Louis Vuitton qasrlariga tashrif buyuriladi. Kursni tugatganlar IEERP malaka oshirish sertifikatiga ega bo‘ladilar.
Shoshiling! Joylar soni cheklangan. Dasturga ro‘yxatdan o‘tish 20 aprelga qadar.
Amaliyot dasturida ishtirok etish (shu jumladan dastur doirasida muzeylarga tashriflar) – ishtirokchilar tomonidan 720 yevro.
Dasturda ishtirok etish bo‘yicha savollar uchun +998935054400 – IEERPning Markaziy Osiyo bo‘yicha maslahatchisi Kamola Gulyamovaga murojjat qiling.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




