Tarmoq korxonalari vakillari diqqatiga!
Xalqaro brend va sors kompaniyalar rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqot qilish va o‘z mahsulotingizni taqdim qilish uchun ajoyib imkoniyat!
O‘zbekiston ilk bor Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi va Xalqaro tayyor kiyim federatsiyalarining Xalqaro konferentsiyalariga mezbonlik qiladi.
Tadbir 2024 yilning 8-10 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tadbirlarda 700 dan ortiq turli xalqaro tashkilotlar, brend va sors kompaniyalar, olimlar va taniqli blogerlar, Osiyo, Yevropa va AQShning yetakchi brendlari sotuv va strategiya bo‘linmalari rahbarlari, davlat arboblari ishtiroki kutilmoqda.
50 dan ortiq davlatlar to‘qimachilik sanoati vakillarini bir joyda jamlash imkoniyatini beruvchi ushbu Konferentsiya mahalliy korxonalar uchun biznes hamkorlarni topish va global ishlab chiqarish zanjiriga kirishda takrorlanmas imkoniyatdir.
O‘zbek to‘qimachilik sanoatini nufuzini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirlarda faol ishtirok eting
Ishtirok etish shartlari
+ 998 71 202 22 44 (187)
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




