Andijon viloyati trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishi bilan respublikada birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Bunga misol, “Jalaquduq klaster agroservis” paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan qiymati 8,7 million AQSh dollariga teng loyiha doirasida yiliga 3,5 million dona bolalar, ayollar va erkaklar uchun 30 dan ortiq turdagi tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy korxona ish boshladi. Korxona ishga tushgani natijasida yana 1000 ish o‘rni yaratildi.
“SAMO” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan sifatli trikotaj mahsulotlari hozirgi kunda nafaqat MDH, balki YEI davlatlarida ham eksport qilinmoqda. Yillik eksport hajmi 6 million dollarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
SAMO GROUP” yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, o‘zida 12 korxonalarni jamlagan va umumiy 3 mingta odamni ish bilan ta’minlagan. Yillik eksporti esa 45 mln. dollarga teng.
Alohida ta’kidlab o‘tamiz, 2023 yilning Yuqori sifat, individual uslub va hamyonbop narxlarga ega trikotaj mahsulotlari brendi nominatsiyasida eng ko‘p ovoz to‘plagan “SAMO” brendi mutloq g‘olib bo‘ldi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




