Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti – GIZ tomonidan O‘zbekistonda bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston paxta sanoatida barqaror rivojlanish va qo‘shimcha qiymatni oshirish” loyihasi doirasida Shveytsariyaning Organik qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti (FiBL) eksperti organik paxta yetishtirish borasida taqdimotni namoyish etdi.
O‘quv seminarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Selektsiya instituti va O‘simliklarni himoya qilish instituti va konsalting korxonalari xodimlari ishtirok etdi.
Xorijiy mutaxassis o‘z taqdimotida (https://uzts.uz/wp-content/uploads/2023/11/2_fibl_1_osnovnye_trebovaniya_v_osh_final_uzb_01.pdf) barqaror paxtachilik tizimini o‘rnatish, dunyo va mintaqa miqyosida talqini, organik paxtaning afzalliklari, qaysi davlatlarda yetishtirilishi va shu kabi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi va ishtirokchilar bilan muhokama qilindi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




