O‘zbekistonning “oq oltini” hisoblangan paxta har bir o‘zbek uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mahalliy jurnalistlar uchun paxta dalalariga va paxtadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayon bilan yaqindan tanishish uchun klasterga press-tur tashkil qildi.
Jurnalistlar dalalarda oddiy paxta terimchilari, kombayn operatorlari hayoti va mehnati bilan tanishar ekan, suhbatlashish jarayonida ularning amaldagi faoliyati haqida fikr-mulohazalari, unga nisbatan munosabatlarini ham bilishdi.
Shu bilan birga, korxona rahbarlari bilan intervyu tashkil etildi. Zomin tog‘lari yon bag‘ridagi Zarbdor tumanida joylashgan “Paxtakor Tex” klaster tarmog‘i direktori Ulug‘bek Javxarov shunday dedi:
“2020 yilda ish boshlagan klaster, hozirgi kunda paxta yetishtirishda va parvarishlashda yangi texnologiyalardan foydalanib va tomchilatib sug‘orish tizimlarini o‘rnatib, hosildorlikni gektardan 40 tsentnergacha oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Fermerlar bilan bozor iqtisodiyoti asosidagi munosabatlar o‘rnatildi. Paxta yetishtirishga ishtiyoqi oshib bormoqda”.
Paxta yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan barchaga – fermerlardan tortib to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilarigacha minnatdorchilik bildiramiz. Siz bizning hayotimizni yanada qulay va chiroyli qilasiz.
Ishingizda muvaffaqiyatlar va farovonlik tilaymiz! Paxta Kuni bilan!
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




