Sana / vaqt: 2023 yil, 26 sentyabr, soat 10:00-12:00
Manzil: “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining binosi
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan GIZning “O‘zbekiston kasb – hunar ta’limi tizimini isloh va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash – TexVET“ loyihasi bilan birgalikda to‘qimachilik, kiyim-kechak va charm sanoatida kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Tarmoq Kengashining o‘quv markazi ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanining ochilishida O‘zto‘qimachiliksanoat va O‘zcharmsanoat uyushmalari rahbariyati, Germaniya elchixonasi va GIZ vakillari ishtirok etib, ularning har biri bunday o‘quv markazining ochilishi O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi yaqin hamkorlik samaralaridan biri ekanligini ta’kidladilar. Hamkorlik esa barcha jihatlarda yanada kengayadi va chuqurlashib boradi. Loyiha menejeri Matias Klingenbergning aytishicha, loyiha doirasida O‘zbekistonda Germaniya dual ta’lim tizimining joriy etilishi yengil sanoat sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashga yordam beradi.
O‘quv markazining faoliyati, maqsadlari, vazifalari, shuningdek, sanoat Kengashining barqarorligini ta’minlashdagi roli sanoat Kengashi vakili va GIZning TexVET loyihasi maslahatchisi tomonidan batafsil taqdim etildi. Markazning asosiy vazifalari bilimlarni boshqarish, malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, korxonalar uchun kadrlar tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishdir.
Tadbir ishtirokchilari TexVET loyihasi, uning vazifalari, shuningdek, GIZ bilan hamkorlik doirasidagi keyingi faoliyati haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




