4 oktyabr, 2023 yil, Toshkent – bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Wildberries xalqaro onlayn platforma O‘zbekiston ishlab chiqarish korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma rejalari haqida e’lon qildi.
Uyushma rahbariyati o‘z tabrik nutqida tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi va shu bilan birga onlayn platforma bilan hamkorlik ishlab chiqaruvchilarimizga MDH mamlakatlari bozorlariga chiqishga yordam berishini va shu orqali ularning eksport salohiyatini oshirishini ta’kidladi.
O‘zbekistondagi Wildberries vakili Sardor Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qo‘shma loyiha mamlakat uchun muhim voqeadir, chunki O‘zbekiston hukumati uzoq vaqtdan beri tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston ye-commerce uyushmasi raisi Muzaffar A’zamov o‘zbekistonlik tadbirkorlar, xususan, respublikaning to‘qimachilik sektori eng rivojlangan va talabga ega ekanligini hisobga olib, to‘qimachilik vakillari uchun mazkur xalqaro marketpleysning afzalliklari haqida gapirdi.
Ishtirokchilar qo‘shni mamlakatlarga tayyor mahsulotni sotishda to‘qimachilik korxonalari va mahalliy biznesning raqobatbardoshligi va aylanmasini oshirish maqsadida onlayn segmentda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, Wildberries biznes maktabi tomonidan o‘quv loyihasi ishga tushirilishi e’lon qilindi, u O‘zbekiston to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorlarga eksport qilish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishi imkonini beradi.
Wildberries biznes maktabining yetakchi mutaxassislari Emiliya Frank i Pavel Ichin hududlarda trening o‘tkazadilar. Ular onlayn platformada sotishni boshlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishadi va mahsulotni samarali reklama qilish imkoniyatlari haqida gapirishadi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi negizida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va mahalliy tadbirkorlar uchun dastlabki seminarlar 4-5 oktyabr kunlari Toshkentda, 6 oktyabr kuni Namanganda, 7 oktyabr kuni Farg‘onada, 8 oktyabr kuni Andijonda o‘tkaziladi.
O‘zbekistondagi Wildberries direktori Sardor Qodirov, “Ishonchimiz komilki, Wildberries biznes maktabining o‘quv loyihasi hozirgi va kelajakdagi hamkorlarimizning moliyaviy savodxonligini oshiradi va onlayn platforma orqali 7 ta tashqi bozorda O‘zbekiston mahsulotlarini sotishga imkon beradi”.
Wildberries mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotga intiladi va mahalliy biznes onlayn segmentda rivojlanishi uchun platforma xizmatlarini yaxshilaydi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar platformada tobora ommalashib bormoqda. Shunday qilib, 2023 yil yanvar-avgust oylari davomida O‘zbekistondan mahsulot sotish yiliga 94 foizga o‘sdi va bu 285 mln dollardan oshdi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




