Better Work dasturi 2023 yil may oyida rasmiy ishga tushirilgandan so‘ng bir qator yo‘nalish seminarlarini o‘tkazmoqda.
Bunday tadbirlarning maqsadi – milliy korxonalarga potentsial xalqaro brendlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yordam berishdir.
21 sentyabr kuni to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uchun ikkinchi oriyentatsion seminari bo‘lib o‘tdi.
“Xojaobod fazo”, “Nil Grant”, Milana textile, “Khantex Group”, Urban Style, Yustex, Twins textile kabi va boshqa yirik sanoat korxonalari bilan bir qatorda tadbirda O‘zbekiston ish beruvchilar Konfederatsiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida Dastur ko‘rsatkichlariga muvofiqligi masalalari ko‘tarildi va ularni hal qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llari muhokama qilindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




