Germaniya oilaviy biznesni rivojlantirish tizimining yana bir yorqin misoli bu MEY brendi. Ushbu oilaviy kompaniya erkaklar va ayollar ichki kiyimlari, pijamalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya to‘rtinchi avlod tomonidan boshqarib kelinmokda.
Korxonada eng yuqori sifatli paxta tolasidan to tayyor kiyim ishlab chiqarish zanjirini to‘liq qamrab olgan. Korxonada maxsus andozada presslab kesish uchun dastgohlariga maxsus havoni tortib oluvchi moslamalar joylashtirilgan. Ular matoni kesishda mato siljimasligini ta’minlaydi va xatoliklarni kamaytiradi. Har bir mahsulot partiyasi maxsus lazerda tekshiriladi va kesishdagi barcha xatoliklarni bartaraf etadi. Mahsulot bichilganidan so‘ng, mato qismlari adashmasdan tikuv tsexiga yetkazilishi uchun maxsus lazer orqali har bir qismga yuqoridan rang berib turiladi va buning natijasida ishchi kesilgan qismlarni xatosiz ajrata oladi. Mahsulot tayyor holatga kelguniga qadar 6 ta tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Tikuv tsexida xar bir mahsulot uchun keyingi qadamni belgilab beruvchi maxsus shtrix kodli yo‘riqnoma tayyorlanadi. Bunda mahsulotni tayyor holatga kelguniga qadar qaysi uskuna, xodim va bosqichlardan o‘tgani sanasi va vaqti bilan ko‘rsatiladi. Bu mahsulot ishlab chiqarishda “brak” sonini kamaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu korxonada mavjud tizim o‘zbek tayyor kiyim ishlab chiqaruvchi korxonalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




