Qirg‘iziston janubi-g‘arbidagi O‘sh viloyatining Qora-Suv tumanida “EuroAsia Group” sanoat-logistika parki qurilmoqda. Qurilish ishlari 70 foiz bajarilgan.
Bu yerda trikotaj mato, trikotaj mahsulotlar va ip-kalava tayyorlash bo‘yicha uchta ishlab chiqarish maydonlari faoliyat yuritadi.
Yillik ishlab chiqarish quvvati 2,1 mln dona va 2,6 mln dollarlik eksportbop tikuvchilik fabrikasi yil oxirida ishga tushirilib, 800 ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
18 mln dollarlik trikotaj fabrikasi kelasi yilning birinchi choragi oxirigacha ishga tushirilib, 300 ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Korxonada kuniga 20 tonnagacha mato ishlab chiqariladi.
Kuniga 15 tonnagacha ip ishlab chiqarish quvvatiga ega 3,5 mln dollarlik yigiruv fabrikasi 2025 yilning uchinchi choragida ishga tushadi. Bu yerda 150 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




