Germaniya uyushmasi Gezamtmasche har oy chop etiladigan «Masche» jurnalida nemis to‘qimachilik sanoati, islohotlar va innovatsiyalar haqida, shuningdek, jahon to‘qimachilik sanoati so‘nggi yangiliklari haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.
Avgust sonida O‘zbekiston to‘qimachilik delegatsiyasining Germaniya korxonalari, kompaniyalari va brendlariga safari, shuningdek, har ikki tomondan 60 dan ortiq ishtirokchilarni birlashtirgan Germaniya-O‘zbekiston forumi natijalari keng va batafsil yoritildi.
Shuningdek nashrda:
- 2024 yil yozidagi trendlarini VDMD.Trend.Research jamoasi tomonidan g‘ayrioddiy ko‘rishi.
- KATAG Award 2023 kimga ketdi?
- Bolalar kiyimlari uchun andozalar: Nimaga e’tibor berish kerak?
- To‘qimachilikni tsirkulyarqayta ishlash: Mattes&Ammann tajribasi, shuningdek Kopengagen universitetdan innovatsialar.
- Viskoza tolasini innovatsion ishlab chiqarish.
- Yevropa iste’molchilari nimaga e’tibor berishini bilib oling.
- YEI chiqindilar bo‘yicha Doiraviy direktivasi haqida yangiliklar.
- “Marc Cain” trikotaj brendining 50 yilligi.
- Trusiklarni sotish atrof-muhitni tiklashga hissa qo‘shadi: Qanday qilib?
- ” PICHLER” brendining tarixi – 866 yildan beri nafis dasturxon mahsulotlari.
- Ip ishlab chiqarish uchun quyosh energiyasi. Imkoniyatlar va afzalliklari.
- YEIning bojxona kodeksini uyg‘unlashtirish: nima kutilmoqda?
- YEIda yangi hisobot standarti qabul qilindi. Shuningdek, u 2024 yil iyuniga qadar kichik va o‘rta biznes va uchinchi mamlakat kompaniyalari tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
- AQSh to‘qimachilik bozori o‘sadi. Qanday mahsulotlar talabga ega bo‘ladi?
- Osiyoda Erkin savdo zonasi yaratilmoqda: Bu jahon savdosiga qanday ta’sir qiladi?
- Sifatli tolaga erishish uchun qayta ishlangan tolani sinovdan o‘tkazish.
- Yangi texnologiyalar: Kiyim sotib olayotganda SIdan foydalanish.
- Shahar iqlimini yaxshilash uchun to‘qimachilik qanday ishlatiladi?
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




