Eslatib o‘tamiz, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida Better Cotton Uzbekistan dasturi doirasida paxta-to‘qimachilik klasterlari uchun boshlang‘ich seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistondagi yirik «Indorama Agro» klaster vakillari ham ushbu seminarda ishtirok etdi va tadbir tafsilotlari hamda fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Indorama” korxonasi menejeri Munavvar Siddikova:
– Better Cotton dasturi O‘zbekistonda yaqinda kirib kelgan bo‘lsada, uning doirasida 3 ta klasterning 6 ta fermer xo‘jaliklarida qator ishlar amalga oshirilgan.
Mazkur seminarda qator yirik klaster vakillari ishtirok etdi. Unda qatnashish maqsadi – ushbu loyihalarga oid tajribalarni o‘rganish, xalqaro bozorlarga chiqishda qo‘yilgan talablarni bilish, organik paxta yetishtirishda munosib mehnat sharoitlarni yaratish bo‘yicha haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishdir.
Seminar davomida loyihaning asosiy ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishib chiqdik. Shuningdek, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar huquqlarini muhofaza qilish, paxta yetishtirishning ekologik barqaror usullarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Fermer xo‘jaliklari vakillari o‘z ishlarida qo‘llayotgan tajribalari va ilg‘or amaliy ishlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Umuman olganda, seminar juda foydali va ma’lumotlarga to‘la bo‘ldi. Biz kelajak uchun ko‘plab yangi g‘oyalar va rejalarga ega bo‘ldik. Umid qilamizki, Better Cotton dasturida ishtirok etish orqali korxonamizning mehnat sharoitlarini yaxshilash, paxta sifatini oshirish va xalqaro bozorda raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga bizning ishimizni tan olgani uchun minnatdormiz va kelajakda korxonani yanada rivojlantirish va takomillashtirishni davom ettirish bo‘yicha Better Cotton loyihasi bilan ishlarni amalga oshirishga umidvormiz.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




