2023 yil 11-13 iyul kunlari Italiyada «Ready to show» xalqaro moda ko‘rgazmasi va «MilanoUnica 2023» xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, «Ready To Show 2023» ko‘rgazmasi – riteylerlar, importchi va boshqa barcha import kiyimlari va to‘qimachiligi foydalanuvchilari sifatida yetakchi Yevropa xaridorlarga to‘g‘ri olib boruvchi platformadir va yiligi ikki marta o‘tkaziladigan «MilanoUnica 2023» esa – to‘qimachilik va aksessuarlar sektori uchun oriyentir bo‘lib, unda yetakchi va muhim ahamiyatli Italiya va Yevropa ishlab chiqaruvchilari ishtirok etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi ushbu tadbirlarda «Delta Rumino», «Textile Libos», «Global Textile», «Orzu Teks» va «Parvoz Humo Ravnaq Trans» kabi kompaniyalar ishtirok etdi. Tashrif USAID xalqaro kompaniyasining moliyaviy ko‘magida yagona 30 m2 maydonda tashkil etildi.
Ko‘rgazmalar davomida Italiya va YEI mamlakatlariga O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha qator muzokaralar o‘tkazildi, Italiya va boshqa xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston «TTME» to‘qimachilik uskunalari xalqaro ko‘rgazmasida va «UzTextile EXPO 2023 Autumn»da ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘zbek korxonalari «Ornaldo Italiano», «Siro Tex», «Djanino Bianchi», «Francheli Fabrics» va boshqa xorijiy kompaniyalar bilan 3,1 million yevrodan ortiq tayyor to‘qimachilik va gazlamalar yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




