Keyingi uchrashuv Frantsiyaning yetakchi ITK AT-kompaniyasining loyiha direktori Ervan Jiley bilan bo‘lib o‘tdi. Bu kompaniya fermerlar va ularning maslahatchilariga barqaror qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun rentabellik, ishlab chiqarish samaradorligi va ta’minot zanjirini o‘lchash va yaxshilash uchun tahlillarni taqdim etadi.
Uchrashuv davomida ITK O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati uchun barqaror paxta ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha loyihani taqdim etib, bu sug‘orish, o‘g‘itlash va boshqa qishloq xo‘jaligi usullarini optimallashtirish orqali barqarorlikni oshirishga va shu orqali o‘zbek paxtasining barqaror imidjini mustahkamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, ITK yechimlari joriy etilishi butun ta’minot zanjiri shaffofligini ta’minlab va iste’molchilar ishonchini mustahkamlab, to‘liq kuzatuvchanlikni ta’minlaydi.
ITK tajribasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga mas’uliyatli tanlov va atrof-muhitni muhofaza qilish tarafdori bo‘lgan mashhur frantsuz moda brendlari uchun jozibador narx taklifini yaratib, O‘zbekistonni barqaror paxta yetishtirish bo‘yicha jahon yetakchisi sifatida taqdim etishga yordam beradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




