Toshkent to‘qimachilik haftaligi doirasida o‘zbek to‘qimachiligiga qiziqish bildirgan xorijiy brendlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Masalan, 29 may kuni Frantsiyaning KIABI brendi vakillari – Trevor Boyd va uning sherigi Mederik Bukey bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, hamyonbop narxlarda ayollar, erkaklar va bolalar uchun moda do‘konlari, poyabzal va aksessuarlar tarmog‘iga ega bo‘lgan KIABI butun oila uchun moda yetakchisi hisoblanadi.
Frantsiya tomoni Toshkent to‘qimachilik ko‘rgazmasi, shuningdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va uning germaniyalik hamkorlari tomonidan tashkil etilgan brifing ulkan o‘tkazilishini ta’kidlab, ular davomida korxonalar bilan muloqot qilish va tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lganini alohida qayd etdi. Shuningdek, uchrashuv davomida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarga qiziqish bildirgan Frantsiya tomoni ularning to‘qimachilik mahsulotlari sifati va xavfsizligining xalqaro standartlariga muvofiqligi haqida so‘radi.
Muzokaralar yakunida tomonlar kelgusi oylarda frantsiyalik riteylerlar tomonidan hududlardagi mahalliy sanoat korxonalari imkoniyatlari, salohiyati va mahsulotlari bilan batafsil ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishga kelishib oldilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




