2023 yil 27 aprel kuni ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi. Uning doirasida asosiy tadbirlar bilan bir qatorda turli tashkilotlarning mahalliy va xorijiy vakillari bilan ko‘plab uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati uchun muhim voqea – “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Deutsche Bank vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bank ijrochi direktori Aleksey Storchak O‘zbekistondagi to‘qimachilik sanoatining bugungi holati va uning salohiyati bilan tanishdi va soha korxonalari loyihalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni jalb qilish muhimligi muhokama qilindi. Shu bilan bir qatorda, raqamlashtirish va “yashil” transformatsiya sohasida sanoatni rivojlantirish yo‘nalishi alohida ta’kildab o‘tildi.
Uchrashuv natijasida Deutsche Bank vakillari ushbu yo‘nalishlarda loyiha yechimlarini taklif qildilar va O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Bunday hamkorlik to‘qimachilik sanoatining xalqaro miqyosdagi mavqei mustahkamlanishini ta’minlaydi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




