Korxonalar to‘liq quvvatda, oldindan to‘lovsiz buyurtmalar bilan ishlashi uchun aylanma mablag‘ga muhtoj bo‘ladi.
To‘qimachilik korxonalarida buyurtmalar ko‘payishi natijasida aylanma mablag‘ga kredit olish zarurati ko‘payyapti.
Bunda, foiz korxonalar uchun e’tiborlisi kredit foiz to‘lovlarining bank foizlaridan pastligi va muddatini uzoqroq bo‘lishidir.
Aynan shu talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 yanvardagi PF-2-sonli Farmoni bilan 200 mln dollar miqdorida aylanma mablag‘ uchun imtiyozli resurs ajratildi.
Mazkur imtiyozli resurs gazlama, trikotaj mato yoki tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarga taqdim etiladi. Korxonalar tomonidan tushayotgan murojaatlarni e’tiborga olib ushbu imtiyozli mablag‘larni afzalliklari va jalb etish jarayonlariga e’tibor qaratmoqchimiz:
– kredit qiymati: 1 mln.dan 5 mln. dollargacha (oxirgi 12 oy davomidagi eksport hajmiga qarab)
– foizi: yiliga 5,3% dan (bunda 0,3 % Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga bir martalik komissiyasi siftida to‘lanadi)
– muddati: 3 yilgacha korxona ixtiyoriga ko‘ra oddiy yoki revolver ususlida qaytarish sharti bilan. Imtiyozli davr tijorat bank bilan kelishilgan holda korxona tomonidan belgilanadi.
Diqqat! Korxonaning imtiyozli (4 %) kredit mavjud bo‘lsa ham ushbu kreditlarni olishi mumkin.
Kreditni korxonaga kim ajratadi? Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki
Resursni bankka: Eksportni rag‘batlanitirish agentligi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ajratadi.
Korxona mablag‘ni jalb etish uchun:
- xizmat ko‘rsatuvchi bankning xududiy filialiga murojaat qilishi, zarur xujjatlar va garov taqdim etishi
- epauzb.uz link orqali agentlikka buyurtma kiritish;
Mablag‘ ajratish uchun qolgan barcha harakatlar tijorat banki va Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Mablag‘ ajratish jarayoni quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Xizmat ko‘rsatuvchi bankning xududiy filialièbank bosh ofisièAgentlikèJamg‘armaèAgentlikèG‘aznachilikèMarkaziy bankèBankèKorxona.
Xozirgi kunda mazkur imtiyozli mablag‘larni ajratish bo‘yicha quyidagi banklar ishlamoqda:
1) O‘zsanoatqurilishbank
2) Qishloqqurilishbank
3) Asakabank
4) Xalq banki
5) Ipoteka bank
6) Hamkorbank
7) Agrobank
8) Mikrokreditbank
9) Alokabank
10) Turonbank
11) Milliy bank
12) Trastbank
13) InFinBank
14) ZIRAAT BANK
Aylanma mablag‘larni jalb qilishda zaruriyat va/yoki muammolar bo‘lsa “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Kol-markaziga, Moliyaviy-iqtisodiy taxlil boshqarmasiga (71/2022244, ichki 112, 114) murojaat qilish yoki telegram kanalida @javohir2990 shaxsiysiga xabar qoldirishingizni so‘raymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 yanvardagi PF-2-sonli Farmoniga asosan
eksportyor to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga aylanma mablag‘ ajratilish
SXEMASI
| Bosqichlar | Mas’ul ijrochilar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari |
| 1-bosqich |
Kredit oluvchi korxona |
Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining mintaqaviy filialiga ariza bilan murojaat qiladi; kredit mablag‘i ajratilishi uchun zarur bo‘lgan barcha xujjatlarni tayyorlaydi tijorat bankiga taqdim etadi |
Xujjatlar tayyor bo‘lishi davomida (1-2 oy) |
| 2-bosqich |
Tijorat banki filiali |
Kredit oluvchi tomonidan taqdim etilgan xujjatlarni o‘rganib chiqib, kredit ajratilishiga tasdiqlab bosh ofisga yuboradi | 15-30 ish kuni mobaynida |
| 3-bosqich | Bank bosh ofisi | Kredit qo‘mitasi taqdim etilgan xujjatlarni ko‘rib chiqib, Eksportni rag‘batlantirish agentligiga buyurtma kiritadi | 3-ish kuni mobaynida |
| 4-bosqich | Eksportni rag‘batlantirish agentligi | Bank buyurtmasi asosida resurs ajratilishi bo‘yicha Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga ariza kiritadi | 1-ish kuni mobaynida |
| 5-bosqich | Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi | Arizaga asosan Eksportni rag‘batlantirish agentligiga resurs ajratadi | 5-ish kuni mobaynida |
| 6-bosqich | Eksportni rag‘batlantirish agentligi | Resurslarni tegishli tijorat bankiga o‘tkazish bo‘yicha G‘aznachilikka ko‘rsatma beradi | 1-ish kuni mobaynida |
| 7-bosqich | G‘aznachilik | Markaziy bankka resurslarni tegishli tijorat bankiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq beradi | 3- ish kuni mobaynida |
| 8-bosqich | Markaziy bank | Banklararo hisob markaziga (Milliy bank qoshidagi MBRTs) resurslarni tegishli tijorat bankiga o‘tkazish bo‘yicha topshiriq beradi | 1-ish kuni mobaynida |
| 9-bosqich | Banklararo hisob markaziga (MBRTs) | Resurslarni tegishli tijorat bankiga o‘tkazib beradi | 1-ish kuni mobaynida |
| 10-bosqich | Kredit oluvchining tijorat banki | Filial bankdagi korxonaning hisob raqamiga mablag‘larni o‘tkazib beradi | 1-ish kuni mobaynida |
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




