O‘tgan asrda paydo bo‘lgan merchendayzing tushunchasi bugungi kunda fanga aylandi. Ushbu tushuncha sohaga qarab bir nechta yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: byuti-merchendayzing, feshn-merchendayzing, texnik merchendayzing, apteka merchendayzingi va boshqalar.
Merchendayzing – bu tovarlarni reklama qilish va sotishni o‘z ichiga olgan, ularni potentsial mijozlar uchun jozibadorligini oshiradigan tarzda namoyish etadigan marketing san’ati. Bu yangi mahsulotni ishlab chiqish imkoniyatlarini aniqlash uchun iste’molchilarning xatti-harakatlari va tendentsiyalarini tahlil qilishni o‘z ichiga olgan bozor tadqiqotlaridan boshlanadi.
To‘qimachilik sanoatida savdo-sotiqning maqsadi mijozlarning ehtiyojlari va afzalliklarini, so‘nggi tendentsiyalar va bozorlarni aniqlash, mahsulotlar lineykasini ishlab chiqish va sotishni rag‘batlantirishdir. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, merchandayzerlar maqsadli mijozlarga yoqadigan mahsulot turlarini dizaynerlar bilan ishlab chiqish ustida ishlaydi. Ular iste’molchilarning afzalliklariga mos keladigan materiallar, ranglar va dizaynlarni tanlaydilar va raqobatbardosh va foydali narx toifalarini belgilaydilar.
To‘qimachilik sanoatida merchandayzerlar mahsulotlarni o‘z vaqtida va kerakli sifat standartlariga muvofiq ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun ishlab chiqaruvchilar bilan yaqin hamkorlik qilishlari lozim. Shuningdek, ular xaridorlarni mahsulotlarga jalb qiladigan ko‘rgazmalar va aktsiyalarni yaratish uchun chakana sotuvchilar bilan hamkorlik qiladilar.
Jahon to‘qimachilik sanoatida Inditex Group tarkibiga kirgan Zara, Massimo Dutti, Bershka, Oysho, Pull&Bear va Stradivarius kabi brendlar o‘zining alohida strategiyalarga ega bo‘lib, merchandayzing siyosatining yorqin namunasidir.
Masalan, Zara strategiyasi o‘zgaruvchan moda tendentsiyalariga tezda moslashishi, mashhur mahsulotlarni aniqlash uchun ma’lumotlar tahlilidan foydalanishni va zaxirani mos ravishda korrektirovkalashni o‘z ichiga oladi.
Massimo Dutti o‘zining ajoyib mahsulotlarini namoyish qilish uchun bashang peshtaxtalardan foydalangan holda yuqori sifatli materiallar va vaqt hukmiga qarshi dizaynga e’tibor qaratadi.
Bershka – modaga oid va arzon kiyimlarga ixtisoslashgan yoshlar moda brendi. Brend so‘nggi moda tendentsiyalarini ta’kidlaydigan dinamik displeylarni yaratadi va maqsadli auditoriya bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi.
Oysho qulaylik va nazokatga e’tibor qaratadi va nozik matolar va jozibali dizaynlarni aks ettiruvchi jozibali peshtaxtalarni yaratadi.
Pull&Bear yoshroq shaharli auditoriyaga xizmat qiladi va so‘nggi uslublarni ta’kidlaydigan dinamik, trendga yo‘naltirilgan peshtaxtalaridan foydalanadi.
Stradivarius o‘z mahsulotlarini reklama qilish uchun jozibali peshtaxtalar va yorqin, rang-barang muhitdan foydalangan holda zamonaviy va arzon kiyim va aksessuarlarni taklif etadi.
O‘zbekistonda to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ko‘plab brendlar va ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lib, ular o‘zlarining merchendayzing strategiyalarini amalga oshiradilar. Bularga to‘g‘ri olib borilgan merchandayzing siyosati tufayli o‘z haridor auditoriyasiga ega “Molte Caldo”, “Fratelli Casa”, “YSK” tayyor kiyim brendlari, “BUKA” sport brendi, “Aisha Home” uy to‘qimachilik brendi, “SAMO” trikotaj ishlab chiqarish brendlari kiradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




