“O‘zto‘qimachiliksanoat” delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi doirasida Barqaror paxta uyushmasi ta’sischilarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uyushma O‘zbekiston va Germaniya to‘qimachilik tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida tashkil etilmoqda. U to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish hamda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati va Germaniya to‘qimachilik korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, brend va riteyler, manba kompaniyalarni jalb etish, o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa va Germaniya bozorlariga eksport qilishni ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Uyushma ta’sischilari yig‘ilishida tashkilot faoliyatini yanada faollashtirish maqsadida umumiy yig‘ilishning Ta’sis bayonnomasi imzolandi.
Shuningdek, nemis tomonining ma’lum qilishicha, joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent to‘qimachilik haftaligi doirasida Germaniya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




