Davlatimiz rahbarining joriy yil 17 fevralda Buxoroga qilgan tashrifi doirasida to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgani, ushbu soha vakillarini yanada ko‘proq izlanishga, tarmoq taraqqiyotini mustahkamlash yo‘lida mehnat qilishga undadi.
To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish – bu bunyodkor xalqning ertangi istiqboli, aholining keng qatlami doimiy bandligini ta’minlash, shu asnoda sohasini mamlakat iqtisodiyotining muhim bo‘g‘ini ekanini yana bir bor ko‘rsatish demakdir.
Viloyatimizda bugungi kunda 690 ta to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ulardan biri tumanimizda o‘z faoliyatini boshlagan “Romiteks” mas’uliyati cheklangan jamiyat hisoblanadi.
Prezidentimizning Buxoroga tashrifi chog‘ida bir necha korxonalar qatori bizning korxonani ham onlayn tarzda ochishga start berganligi katta faxr va iftixordir.
Bu yerda yiliga 27 ming tonna paxtani qayta ishlash imkoniyati mavjud. Ish boshlagan daslabki bosqichda romitanlik ming nafardan ortiq, asosan “Temir daftar”da qayd etilgan yoshlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning aksariyati xotin-qizlardir.
Shuni ta’kidlash kerakki, qiymati 150 ming yevro bo‘lgan to‘qimachilik va yirik ishlab chiqarish korxonasi to‘liq quvvat bilan ishlasa 3 ming kishi ish bilan ta’minlanadi.
Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni bajarishga, ko‘zlangan marralarni zabt etishga bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz.
Omatjon Jo‘raboyev,
“Romiteks” mas’uliyati cheklangan jamiyat raisi.
O‘zA
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




