
Moda inson tomonidan chiqariladigan parnik gazlarining taxminan 10% ni tashkil qiladi, ammo garderobingizning iqlimga ta’sirini kamaytirish usullari mavjud.
“Ko‘p yillar davomida men kiyim sotib olishga juda qiziqardim”, deydi Snejina Piskova. “Men garderobimda ko‘proq xilma-xillikka ega bo‘lish uchun 10 ga yaqin juda arzon jinsi shimlar sotib olganman, garchi men ulardan ikki yoki uchtasini kiygan bo‘lsam ham”.
Modaning jozibasiga qarshi turish haqida gap ketganda, Piskova ko‘pchilikka kabi muammolarga duch keladi. Moda kompaniyasining kopirayteri sifatida uning atrofi modaistlar bilan o‘ralgan edi va unga o‘xshashlar oqimda suvish unga osondek edi.
Ammo iqlim inqirozi haqida gap Bolgariyaning Sofiya shahrida yashovchi Piskovani sanoatning ta’siri va o‘zining xarid qilish odatlari haqida o‘ylashga majbur qildi.
Moda sanoati global uglerod chiqindilarining taxminan 8-10% va oqava suvlarning deyarli 20%ni tashkil qiladi. Uchishning atrof-muhitga ta’siri allaqachon ma’lum bo‘lsada, moda aviatsiya va yuk tashishdan ko‘ra ko‘proq energiya sarflaydi.
Umuman olganda, kiyim-kechak murakkab ta’minot zanjirlariga ega bo‘lib, bu shim yoki yangi palto ishlab chiqarishdan kelib chiqadigan barcha chiqindilarni hisobga olishni qiyinlashtiradi. Keyin kiyim-kechak iste’molchiga kerak bo‘lmaganda qanday tashiladi va utilizatsiya qilinadi.

Moda sanoati aviatsiyaga qaraganda ko‘proq uglerod chiqindilari uchun javobgardir
Aksariyat iste’mol tovarlari shunga o‘xshash muammolardan aziyat chekayotgan bo‘lsada, moda sanoati nafaqat boshdan kechirayotgan, balki rag‘batlantiruvchi o‘zgarishlarning jadal sur’ati tufayli ayniqsa muammoli. Har bir yangi mavsum (yoki mikro-mavsum) bilan iste’molchilar trendda qolish uchun eng yangi mahsulotlarni sotib olishga majbur bo‘lishadi.
Kiyim-kechak ishlab chiqarishga kiradigan barcha resurslarni tasavvur qilish qiyin, ammo misol sifatida denim (jinsi matosi) ni olaylik. BMTning hisob-kitoblariga ko‘ra, bitta jinsi shim qilish uchun bir kilogramm paxta kerak bo‘ladi. Paxta odatda quruq sharoitda yetishtirilganligi sababli, bu kilogramm hosil qilish uchun taxminan 7500-10 000 litr suv kerak bo‘ladi. Bu kishi boshiga taxminan 10 yil ichimlik suvi.
Denimni kamroq resurs talab qiladigan usullar mavjud, ammo umuman olganda, paxtaning tabiiy holatiga imkon qadar yaqin bo‘lgan materialdan tayyorlangan jinsi shimlar ishlab chiqarish jarayonida kamroq suv va kamroq zararli ishlov berishni talab qiladi. Bu kamroq oqartirish, qum bilan tozalash va oldindan yuvishni anglatadi.
Ko‘pgina zamonaviy jinsi shimlaridagi elastanli cho‘ziluvchan mato plastikdan olingan sintetik materiallardan tayyorlangan bo‘lib, shimni qayta ishlashni kamaytiradi va atrof-muhitga ta’sirini yanada oshiradi.
Afsuski, bu eng mashhur jinsi shimlarning ba’zi turlari sayyoradagi eng bardoshli ekanligini anglatadi. Misol uchun, mato bo‘yoqlari suv yo‘llarini ifloslantiradi, suv hayoti va ichimlik suviga halokatli ta’sir qiladi. Yupqa jinsi shimlarning ko‘plab zamonaviy uslublariga to‘qilgan cho‘zilgan elastan materiali plastikdan olingan sintetik materiallardan tayyorlangan bo‘lib, qayta ishlashni kamaytiradi va atrof-muhitga zararli ta’sirini yanada oshiradi.
Jinslar ishlab chiqaruvchisi Levi Straussning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘zining mashhur 501 jinsi shimlari o‘z xizmat muddati davomida 33,4 kg karbonat angidrid ekvivalenti ishlab chiqaradi – bu o‘rtacha Amerika avtomobili 111 km yo‘l bosib o‘tganiga teng. Bu chiqindilarning uchdan bir qismidan salgina ko‘prog‘i tolalar va gazlamalar ishlab chiqarishga to‘g‘ri keladi, yana 8% jinsi shimlarni kesish, tikish va pardozlashdan tushadi. 16% – qadoqlash, transportirovka va chakana savdo hissasiga to‘g‘ri keladi, qolgan 40% iste’molchi foydalanish – asosan jinsi shimlarni yuvish va chiqindiga chiqarishdan kelib chiqadi.
Hindistonda ishlab chiqarilgan 2% elastandan iborat jinsi shimlar bo‘yicha yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tolalar va jinsilar Levi’s tahliliga qaraganda 7 kg ko‘proq uglerod ishlab chiqaradi. Bu shuni ko‘rsatadiki, ishlanmagan denim (jinsi matosi) ni tanlash iqlimga kamroq ta’sir ko‘rsatar ekan.
Ammo siz kiyim yorlig‘iga qarab jinsilarning tabiatga ta’sirini kamaytirishning qo‘shimcha usullarini topishingiz mumkin. Better Cotton Initiative va Organic Textile Standard kabi sertifikatlashtirish dasturlari iste’molchilarga jinsi qanchalik barqaror ekanligini aniqlashga yordam beradi (garchi bu dasturlar mukammal bo‘lmasada – ko‘pchilik mablag‘ etishmasligi sabab xizmatlardan foydalanishdan voz kechishmoqda).

Bir juft jinsi shim ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan paxta o‘sishida juda ko‘p suv kerak, bo‘yash va ishlab chiqarish esa undan ham ko‘prog‘ini ta’lab qiladi.
Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, jinsi shimlar ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish yo‘llari ustida ishlamoqda, undan tashqari kompostlanganda bir necha oy ichida parchalanadigan jinsi shimlarni qayta ishlash usullarini ishlab chiqmoqda.
Bu paxta emas, balki kiyim matosi ishlab chiqarishda keng tarqalgan sintetik polimer poliyesterdir. Global miqyosda “biz kiyadigan kiyimlarning 65%i polimerlardan tayyorlanadi”, deydi Glazgo universitetidagi doktorlik dissertatsiyasida iste’molchi kiyimlarini qayta ishlashga e’tibor qaratgan iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassis Lin Uilson.
Kiyimlar uchun poliyester tolalarini tayyorlash yiliga 70 mln barrel neft sarflanadi. Suv o‘tkazmaydigan kurtkalardan tortib nozik sharflargacha bo‘lgan kiyimlardan xalos bo‘lish juda qiyin. Bu tarkibni qo‘llash qulaylik bilan bog‘liq – polesterni tozalash oson va u bardoshli. Bundan tashqari, u engil va arzon.
Ammo polester ko‘ylak paxta ko‘ylagidan ikki baravar ko‘p uglerod iziga ega. Polester ko‘ylak 2,1 kg paxta ko‘ylak bilan solishtirganda 5,5 kg karbonat angidrid ekvivalentini ishlab chiqaradi.
Kiyimlarimiz uchun poliyester tolalarini tayyorlashda yiliga 70 mln barrel neft sarflanadi.
Qayta ishlangan polester matoga o‘tish uglerod chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi – qayta ishlangan polester toza poliyester chiqindilarining yarmidan to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi. Ammo bu uzoq muddatli yechim emas, chunki poliyester parchalanishi uchun yuzlab yillar kerak bo‘ladi va atrof-muhitga mikrofiberlarni chiqarishi mumkin.
Ammo tabiiy matolar, agar ularni ishlab chiqarish katta miqdorda suv, bo‘yoq va transportni talab qilsa, barqaror bo‘la olmaydi. Organik paxta, aks holda pestitsidlarning katta miqdoriga duchor bo‘ladigan fermer xo‘jaliklari ishchilari uchun yaxshiroq bo‘lishi mumkin, ammo suv sarf miqdori saqlanib qolmoqda.
Hozirgi kunda, ko‘p sonli innovatsiyalar kamroq ta’sirga chidamli matolarni yaratishga qaratilgan.
Biokutyur yoki barqaror moda katta biznesga aylanmoqda. Ba’zi kompaniyalar to‘qimachilik mahsulotlarini yaratish uchun yog‘och, meva va boshqa tabiiy materiallardan foydalanmoqchi. Olimlar matolarini bo‘yashning muqobil usullarini sinab ko‘rishmoq yoki tashlab yuborilgandan keyin osonroq parchalanadigan materiallarni qidirmoqdalar.

Do‘stlar bilan kiyim almashtirish sizning garderobingizni yangilashi va do‘stligingizga qiziqarli yangi jihat olib kelishi mumkin.
Kiyimlarimizdagi uglerod izi boshqa yo‘llar bilan kamayishi mumkin. Bizning xarid qilish usulimiz bunga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, onlayn xaridlar an’anaviy oziq-ovqat do‘konlariga sayohatga qaraganda kamroq uglerod iziga ega bo‘lishi mumkin, ayniqsa iste’molchilar uzoqda yashasa. Onlayn xaridlarning o‘sishi iste’molchilarning xatti-harakatlarida ham o‘zgarishlarga olib keldi, iste’molchilar o‘zlariga kerak bo‘lganidan ko‘proq narsani sotib olishlari, eshigigacha etkazib berishlari va keyin kiyib ko‘rilganidan keyin xaridlarining aksariyat qismini qaytarib berish tezkor moda madaniyatini kuchaytirmoqda.
Tovarlarni qaytarib berish aslida yuklaringizni tashishdan chiqadigan chiqindilarni ikki baravar oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, onlayn sotuvchilar va moda brendlari uchun qaytarilgan kiyimlarga boshqa haridor topishga urinishdan ko‘ra, tashlash yoki yoqish arzonroqga tushishini ta’kidlaydi. Bu nafaqat kiyim-kechak ishlab chiqarishdan chiqadigan parnik gazlari bo‘lishini anglatmaydi, balki kiyimning chirishi yoki kuyishi natijasida qo‘shimcha havoga chiqindilar chiqariladi. AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2017 yilda 10,2 million tonna to‘qimachilik chiqindilari poligonlarga kelib tushgan va 2,9 million tonnasi yonib ketgan. Buyuk Britaniyada esa, har yili 350 ming tonnaga yaqin kiyim-kechak chiqindixonaga tushadi.
Maqola qaxramoni Piskova do‘stlari bilan juda ko‘p kiyim almashadi, bu ularga nafaqat o‘zlarining shkaflarini yangilash imkonini beradi, balki bir-biriga yaqinroq bo‘lishga yordam beradi.
Onlayn xaridlar ta’sirini kamaytirishning oson yo‘li – faqat biz xohlagan va saqlamoqchi bo‘lgan narsalarni buyurtma qilishdir. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi mamlakatlarda sotib olingan kiyimlarning 40% hech qachon ishlatilmaydi.
Piskovaning o‘zi tezkor moda madaniyatidan uzoqlashishga harakat qildi, o‘zida bor narsalarni qadrlashni o‘rgandi. Ammo modaga bo‘lgan qiziqishdan xalos bo‘lish oson narsa emas. Buning uchun harid qilish markazlariga zarurriyat tug‘lmaganda borishdan bosh tortish samarali usul. Shuningdek, u ba’zida do‘stlari bilan kiyimlarini almashtirmoqda, bu ularga nafaqat garderobini yangilash imkonini beradi, balki ularni bir-biriga yaqinroq his qilishiga yordam beradi. Shuningdek, u kiyimidagi kichik kamchiliklarni qaytarib berish uchun bahona sifatida ko‘rishdan ko‘ra, ularga chidashni o‘rgandi.
Kiyimni necha marta kiyganingiz ham uning umumiy uglerod izini katta farq qilishi mumkin. Shvetsiyaning Gothenburg shahridagi Chalmers texnologiya instituti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘rtacha paxta futbolkasi atmosferaga 2 kg dan ko‘proq karbonat angidrid ekvivalentini chiqarishi mumkin, poliyester libos esa deyarli 17 kg karbonat angidridni chiqaradi.

Ba’zan moda tanlovlaringizning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishning eng yaxshi usuli – omma stereotiplaridan chiqib ketish.
Shvetsiyada futbolka yiliga o‘rtacha 22 marta, ko‘ylak esa 10 marta kiyilishini hisoblab chiqdi. Bu kiyilgan kiyimda ajralib chiqadigan uglerod miqdori bir necha baravar yuqori ekanligini anglatadi.
Ellen Makartur jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 va 2015 yillar oralig‘ida kiyim kiyishning o‘rtacha soni 36% ga kamaydi. Xuddi shu davrda kiyim-kechak ishlab chiqarish esa ikki baravar ko‘paydi. Bu muvaffaqiyatlarga kiyim-kechaklarning sifati va mustahkamligi tufayli erishildi.
Bir qator ommaviy so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchiligimiz garderobimizda deyarli hech qachon kiymaydigan kiyimlarimiz bor. So‘rovnomaga ko‘ra, o‘rtacha britaniyaliklarning garderobidagi kiyimlarning deyarli yarmi hech qachon kiyilmaydi, birinchi navbatda, ular kichkina kelib qolgan yoki modasi eskirgan. AQShda esa, iste’molchiga tegishli mahsulotlarning beshdan bir qismi kiyilmaganligini aniqladi.
Sifatli kiyimlarni olish, ularni tez-tez kiyish va ularni uzoqroq saqlash kiyimingizdagi uglerod iziga qarshi kurashish uchun eng oddiy usul. Buyuk Britaniyada atiga to‘qqiz oy davomida faol ravishda bir kiyimni kiyish uning atrof-muhitga ta’sirini 20-30% ga kamaytirishi mumkin.
Tabiiyki, ba’zi kiyim-kechak kompaniyalari bu yerda imkoniyatni sezmoqdalar. Misol uchun, kiyim-kechak ijarasi xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar asrida aktual bo‘lib, odamlar bir xil kiyimda bir necha marta kiyib onlayn ko‘rinishni xohlamaydilar. Onlayn rasmlarida chiroyli ko‘rinishni va atrof-muhitga kamroq ta’sir qilishni hoxlovchilar uchun raqamli moda hozirgi kun efemer tendentsiya sifatida onlayn rasmlardagi kiyimlarni o‘zgartirish imkoniyatini ochmoqda.
Shvetsiyada o‘rtacha yiliga futbolkalar 22 marta va ko‘ylaklar 10 marta kiyiladi.
Kam sotib olish kiyimga ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishni anglatadi. Buyuk Britaniyaning qayta ishlash xayriya tashkiloti WRAP (Waste & Resources Action Program) tomonidan tashkil etilgan Love Your Clothing kabi veb-saytlar kiyimning uglerod izini kamaytirishi mumkin bo‘lgan kiyimni ta’mirlash va umrini uzaytirish bo‘yicha maslahatlar bermoqda.
Kiyim-kechaklarni ko‘p sotib olish, lekin kam foydalanish sabablarini ham hal qilishga yordam beradi.
Avstraliyadagi Flinders universitetida ruhiy kasalliklarni o‘rganuvchi klinik psixolog Mayk Kirios: “Biz sotib oladigan ko‘plab narsalar, ayniqsa moda buyumlari o‘zimizda o‘z vazifasini bajaradi”, deydi. Uning ta’kidlashicha, o‘zini past baholaydigan yoki maqomi tashvishida bo‘lgan odamlar, ayniqsa, o‘zlarini kerakli deb his qilishlari uchun ortiqcha xarajat qilishar ekan. Doim mukofotlanishini hoxlagan odamlarda, impulsli xaridlar paytida miyadagi “mukofotlanish” uchun javob beradigan markazlar juda faol bo‘lar ekan.
Onlayn xaridga nisbatan impulsini nazorat qilish qiyinroq, Kirios aytganidek, “qaror qabul qilish kuchingiz minimallashtiradigan paytda”, onlayn-do‘konlar 24/7 ochiq.
Hisob-kitoblar turlicha bo‘lsada, aholining taxminan 5% majburiy sotib olish xatti-harakatlarini namoyish etadi. “Muammo shundaki, bu muammo yaxshi yashiringan”, deydi Kirios. “Odamlar bu kasallikdan davolanish uchun harakat qilmaydi, chunki ular bu muammo ekanligini tan olishmaydi”.
Yechimlardan biri kiyim-kechaklarni onlayn ko‘rish uchun sarflagan vaqtingizni taqsimlash, ammo yaxshiroq yondashuv – pul sarflaydiganlar izlayotgan “mukofotlanish” tuyg‘usiga erishishning kamroq sarfi yo‘llarini topishdir. Oddiy iste’molchilar yangi kiyimlarga bo‘lgan chanqog‘ini vintaj va ishlatilgan kiyim do‘konlaridan xarid qilish orqali qondirishlari mumkin.

Kiyimlarimizni bir necha oy ko‘proq kiyish ularning sayyoramizga ta’sirini kamaytirishida yordam beradi.
“Ishlatilgan kiyim kiyimga ikkinchi hayot baxsh etadi va tez moda aylanishini sekinlashtiradi”, deydi Fi Gilfeather, Oxfam xayriya tashkilotining barqaror moda bo‘yicha eksperti. “Shunday qilib, men ikkinchi qo‘l (kiyim) aslida ortiqcha iste’mol qilishning echimlaridan biri deb hisoblayman”.
Kir yuvish miqdorini kamaytirish, garderobingizdagi uglerod izini kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, suv sarfini va kir yuvish mashinangizga to‘kiladigan mikrofiberlar miqdorini kamaytiradi.
“Kiyimlaringizni siz o‘ylaganchalik tez-tez yuvishingiz shart emas”, deydi Gilfzer. Misol uchun, u har bir kiygandan keyin yuvish o‘rniga ba’zi ko‘ylaklarini havoga osib qo‘yaish maqsadga muvofiq. “Siz yuvish sonini kamaytirishingiz – plastmassa suv ta’minotiga tushmasligiga ishonch hosil qilishning eng yaxshi usuli”.
Kiyimni umrining oxirida qanday utilizatsiya qilish ham muhimdir. Ularni axlatxonaga tashlash yoki yoqib yuborish shunchaki ko‘proq emissiyaga olib keladi. Ehtimol, eng yaxshi yondashuv ularni do‘stlaringizga berish yoki agar ular hali ham kiyish uchun etarlicha yaxshi bo‘lsa, ularni hayriya markazlariga olib borishdir. Biroq, odamlar uni yangi kiyim sotib olish uchun joy bo‘shatish sifatida ishlatishdan ehtiyot bo‘lishlari kerak.
Agar kiyim eskirgan yoki tuzatib bo‘lmaydigan darajada shikastlangan bo‘lsa, uni yo‘q qilishning eng ekologik usuli uni qayta ishlashga yuborishdir. Ba’zi yirik ishlab chiqaruvchilar allaqachon qayta ishlangan matolardan foydalanishni boshlaganlar, biroq iste’molchilar uchun eski kiyimlarni topshirish joy topish ko‘pincha qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Kiyimlarni yanada barqaror qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab o‘zgarishlar ishlab chiqaruvchilar va moda sanoatini nazorat qiluvchi yirik kompaniyalar tomonidan amalga oshirilishi kerak. Ammo iste’molchilar sifatida biz barchamiz o‘z odatlarimizga kiritayotgan o‘zgartirishlar nafaqat bizni yaxshi tomonga o‘zgartiradi, balki sanoatning o‘zgarishiga olib keladi.
Agar biz to‘g‘ri o‘yladigan iste’molchi bo‘lsak, birgalikda o‘zgarishlar qila olamiz, deydi Gilfezer.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




