Sanoatni rivojlantirish hamda qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida aytilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Xorazmda kalava ipni qayta ishlash darajasi pastligicha qolmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan ushbu va respublikamizning boshqa hududlarida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun to‘rtta imkoniyat taqdim etilmoqda.
Birinchi imkoniyat – bank normativlari qayta ko‘rib chiqilib, tijorat banklarida korxonalarga kredit ajratish uchun qo‘shimcha 55 trillion so‘m resurslar ta’minlanadi. Bu – bitta tumanda o‘rtacha 20 million dollarlik investitsiyaga qo‘shimcha manba, degani.
Ikkinchi imkoniyat – 2023 yilda sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari infratuzilmasi uchun 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Uchinchi imkoniyat – 2023 yildan boshlab, iqtisodiy rivojlanishi orqada bo‘lgan to‘rtinchi va beshinchi toifadagi 60 ta tumanga 27 turdagi soliq imtiyozi, subsidiya va preferentsiyalar berilganidir.
To‘rtinchi imkoniyat – gilamchilik, uy tekstili, charm va zargarlik tarmoqlari uchun taqdim etilayotgan yengilliklar. Unga ko‘ra, 2023 yilda to‘qimachilik loyihalariga qo‘shimcha 300 million dollar yo‘naltiriladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




