1–3-oktyabr kunlari Vengriya davlatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning rasmiy tashrifi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Vengriya-O‘zbekiston biznes forumi tashkil etildi va Vengriyaning riteyler kompaniyalari “Global textile”, “Global Factor ZRT”, to‘qimachilik kompaniyalari “RUSTEX LINE KFT”, “Troya”, savdo kompaniyasi “Eratex Meteraru”, to‘qimachilik tashkilotlari URBAN, Sonfederation of Hungarian Employers and Industrialist, banklari “CIB Bank Ltd.” va “Eksimbank”, “INNOVATEXT” (To‘qimachilik ilmiy instituti) vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
5-oktyabr kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) “Ta’minot zanjirlarida odam savdosi va majburiy mexnatning oldini olish” nomli anjuman o‘tkazildi.
“O‘zto‘qimachilik” uyushmasi Amerikaning “Transnational Strategy Group LLC” konsalting kompaniyasi prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi.
6-oktyabrda Prezidentning tegishli qarori bilan Namangan shahrida Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanidagi “Politeks Sirdaryo” paxta-to‘qimachilik klasteri korxonasini bilan tanishdi.
8-9 oktyabr kunlari Sammit doirasida ayrim mehmonlarning Germaniyaning “German Fashion”, Frantsiyaning “UIT” va Eronning “IranTextile” uyushmalari vakillari tashriflari davomida soha korxonalari bilan muzokaralarni boshladi.
10-oktyabr kuni Germaniyaning “German Fashion” uyushmasi delegatsiyasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
11-oktyabr kuni Frantsiyaning “UIT” uyushmasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari o‘rtasida laboratoriya tashkil qilish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Sammitning faxriy mehmoni va moderatori WTiN rahbari Mark Nikolas Yarvis bilan ko‘p tomonlama samarali uchrashuv o‘tkazildi.
Sammitning yana bir mehmoni Indoneziyaning «Asia Pacific Rayon» kompaniyasi rahbari bilan viskoza tola ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan bir qatorda, Turkiyaning Savdo vazirligi va O‘zbekistondagi Elchisi bilan to‘qimachilik sohasi mutaxassislarini tayyorlash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
12-oktyabr kuni «Jahon to‘qimachilik sanoatida yangi muvozanat – yangi ishtirokchilar va tendentsiyalar» Xalqaro to‘qimachilik sammiti o‘z ishini boshladi. Sammitni Oliy Majlis Senati raisi T.Narbayeva ochib berdi.
Sammit davomida bir qator nufuzli xorijiy va mahalliy spikerlar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
GIZ agentligi va Gherzi konsalting kompaniyasi tomonidan davlatimiz ravnaqi va tanilishi uchun muhim bo‘lgan «To‘qimachilik gigantiga aylanayotgan O‘zbekiston to‘qimachilik sohasi» nomli mustaqil axborotnoma taqdim etildi.
“UzTextileExpo Kuz 2022” xalqaro moda va to‘qimachilik ko‘rgazmasi ochilishida Sammit mehmonlari qatnashdi. Ko‘rgazmada 120tadan oshiq korxona va kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi.
«Tayyor kiyim» nomli moda namoyishida mashxur xalqaro dizaynerlar bilan birgalikda FIT loyihasi ishtirokchilarining ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raxbariyati va Fujayra Savdo-sanoat palatasi (BAA) o‘rtasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
13-oktyabr kuni To‘qimachilik haftaligi doirasida mahalliy va xorijiy soha korxonalari vakillari uchun GIZ agentligi va Gherzi konsalting kompaniyasi tomonidan “Hozirgi global to‘qimachilik tendentsiyalari va Barqarorlik tendentsiyasi O‘zbekiston to‘qimachilik sektoriga ta’siri” mavzusida innovatsion seminar tashkil etildi.
Sammit natijalari bo‘yicha Reychel Bekett (BCI) bilan uchrashuvda O‘zbekistonda BCI vakolatxonasi ochilishini ma’lum qildi.
Amerika WRAP kompaniyasi vakili Xong Mey bilan uchrashuv natijalariga ko‘ra sertifikatsiya bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish Memorandumi imzolandi.
Italiyaning CUIZ savdo palatasi va Cottonella kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda brend korxonasini ochish haqida kelishuvga erishildi.
Eronning «Bazar Tejarat Naroon» (BTN) kompaniyasi bilan poliefir ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha korxona tashkil etishga kelishildi.
Britaniyaning “Forum for the Future” kompaniyasi bilan qayta tiklangan paxta bo‘yicha loyhani ishga tushirish rejalari muhokama qilindi.
14-oktyabr kuni Turkmaniston To‘qimachilik sanoat vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuvda to‘qimachilik va tikuv korxonasini ochishda O‘zbekiston tajribasi muhokama qilindi.
Turkiyaning OSOFT kompaniyasi vakillari bilan munozaralar davomida korxonalarda kuzatuvchanlik jihatdan nazorat qilish tizimini joriy etish masalalari ko‘rildi.
Eronning «Zarin Tadj Maxan» kompaniyasi bilan investitsiya kiritish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
15-16 oktyabr kunlari Sammit va ko‘rgazma ishtirokchilari mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalariga tur tashkil etildi.
17 oktyabr kuni Nukus tumani Samanbay mahallasida Samarqanddagi “Samantepgilam” korxonasi ta’sischiligida “Set Nukus-textile” fabrikasi tashkil etildi.
18 oktyabrda To‘qimachilik sammiti davomida Better Work jamoasi ILO va IFC bilan birgalikda texnik-iqtisodiy asoslash dasturini taqdim etdi, unda ular tadqiqot asosida ishlab chiqilgan soha imkoniyatlari va muammolariga oid xulosalarini taqdim etdilar.
20-27 oktyabr kunlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasining Ispaniya Qirolligiga tashrifi davomida O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi yordamida va Ispaniyaning “Moda España” zamonaviy kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari konfederatsiyasi va FEDECON to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi bilan hamkorligida ikki davlatning 40dan ortiq biznes vakillari ishtirokida biznes-forumi tashkil etildi.
24 oktyabr kun «El Corte Ingles», «Tendam» va «Mango» ispan kompaniyalari va mahalliy korxonalar vakillari o‘rtasida bir qator uchrashuvlarda o‘zbek korxonalarida buyurtmalarni joylashtirish masalalari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining 2022 yil yanvar-sentyabr
9 oylik yakunlari bo‘yicha iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan tanishing.
25-27 oktyabr kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligida 6 ta O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari o‘z mahsulotlari bilan “TextileExpoBarcelona” Xalqaro mato va aksessuarlar ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
26 oktyabr kuni Farg‘ona shahrida mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilari ishtirokida “Farg‘ona vodiysi yengil sanoati” 2-chi Forumi va ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
27 oktyabr kuni O‘zbekistondagi Quvayt davlati Favqulotda va Muhtor Elchisi A.Al-Djiran va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov o‘rtasida ikki davlatning to‘qimachilik sanoatida hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
28 oktyabr kuni O‘zbekistondagi Ummon Sultonligi Favqulotda va Muhtor Elchisi Al Katairi Axmed Said Omer va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov o‘rtasidagi uchrashuvda Ummonning EIZ hududlarida birgalikda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




