Jahon bozorida paxta tolasi narxi turli faktorlarga ko‘ra o‘zgarib turadi. To‘qimachilik sanoati marketologlari doimiy ravishda paxta tolasi va undan tayerlanadigan ip-kalava va boshqa mahsulotlar narxi yuzasidan doimiy taxlil tayerlab borishadi. Sababi, xom ashening narxidagi o‘zgarish tayer kiyim ishlab chiqaruvchining istiqboldagi rejalarini belgilaydi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ham ayni shu barqarorlikni saqlab turish va uning asosida bozordagi muvozanatni saqlash yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayerlab boradi va uyushma a’zolari bilan keng muhokama qiladi.
Jumladan, 2022 yilning 22 oktyabr kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida ip kalava ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari bilan ochiq va samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida ip kalavasiga mavjud narxlar, jahon bozorlarida paxta tolasi narxlarining keskin tushib ketishi natijasida mahalliy korxonalarning raqobatbardoshligini saqlab qolish va oshirish borasida suhbat o‘tkazildi.
Misol uchun paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan yetishtirilgan paxta tolasidan (paxta xom ashyosi 10,02 ming sum/kg hisoblanganda) ishlab chiqarilgan ip kalava tannarxi 1 kg uchun 3,03 dollar bo‘lsa, hozirgi kunda jahon bozorlarida paxta tolasining kotirovkasi 79,1 ts/funtga tushib ketganligi, ip kalava tannarxi 1 kg uchun 2,2 dollarni tashkil etmoqda.
Alohida e’tibor korxonalar tomonidan eksportga sotishda mahsulotlarni “kim o‘zarga” past narxlarda sotilishi oldini olish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish masalalasiga qaratildi.
Suhbatning asosiy masalalarida yuzasidan qo‘yidagilarga kelishib olindi:
– ip kalava mahsulotini kunlik paxta tolasi kotirovkasidan kelib chiqib, “veb sayt”larda e’lon qilib borish orqali indikativ shaklda minimal narxlarni belgilash va korxonalarga tavsiya etish;
– ip kalava mahsulotlari eksportida qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashish xarajatlarini 50 foiz kompensatsiya (subsidiya) qilish tartibini 1 yil muddatga qayta qo‘llash, ip kalavani eksport qilganda 1 kg mahsulot uchun undiriladigan 0,05 dollar yig‘imni 0,01 dollarga tushurish orqali maxsulotlarni Turkiya, Yevropa va shimoliy Afrika davlatlarida raqobatbardoshligini ta’minlash;
– ip kalava mahsuloti eksportida oldindan akkreditiv, sug‘urta polislari, bank kafolatlari, oldindan to‘lov talabi qo‘yilishi
(PQ-3351, 03.11.2017 y.) tartibini vaqtinchalik qo‘llamaslik va oldindan to‘lov kamida 20 foiz miqdorda amalga oshirilganda, qolgan 80 foizi 45 kun ichida tushishi holda eksportga ruxsat berilishi orqali mahsulotlar eksport xajmini ayniqsa MDH (to‘lovchanlik imkoniyati nisbatan past bo‘lgan) mamlakatlarda ko‘paytirish;
– ekspotchi korxonalarga QQS eksport amalga oshirilgandan keyin (3-6 oygacha kechiktirib) to‘lashga rozilik berilishi (aloxida mexanizm joriy qilish), korxonalarda asbob-uskunalar xaridi uchun olingan mavjud kreditlar to‘lov muddatlarini istisno tariqasida kredit tasnifini o‘zgartirmasdan va qo‘shimcha zaxira yaratmasdan uzaytirish (prolongatsiya) hamda revolver usulida qayta kreditlash mexanizmini qo‘llash, natijada eksportyorlarni aylanma mablag‘lari shakllantirishga imkoniyat beradi;
– uyushma va korxonalarning o‘zaro muloqot (mavjud muammolar yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash, yangi rejalar va boshqa) platformasini davomiyligini ta’minlash;
– mahalliy yigiruv korxonalarini uzluksiz xomashyo ba’zasi bilan ta’minlash maqsadida, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan o‘z ehtiyojlaridan ortiqcha tolani va ip kalavani grafik asosida birja savdolariga chiqarilishiga kelishib olindi.
Shu bilan birga, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan paxta yetishtirish bo‘yicha mavjud muammolar va yechimlari muhokama qilindi, jumladan:
– klaster bilan fermer xo‘jaliklari o‘zaro munosabatlari shaffofligini ta’minlash, paxta yetishtirishda fermer xo‘jaliklarini tanlash va ekin maydonlariga paxta navlarini joylashtirish huquqini berish,
– qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan paxta yetishtirish mablag‘larini “O‘zto‘qimachiliksanoat” va “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmalari bilan kelishilgan holda ajratish tartibini joriy etish;
– tomchilab sug‘orish, agrotexnikalarni xarid qilish uchun jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘larni olishda kafillik talab qilishni bekor qilish hamda imtiyozli kreditlar berilishi bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




