Inkor etib bo‘lmaydigan bir necha fakt
Psixologiya nuqtai nazaridan maktab formasi bolalar uchun foydali yoki zararli, degan savolga aniq javob berish qiyin. Biroq, ko‘pgina psixologlarning fikriga ko‘ra, maktab formasi kiyish uchun bir nechta ijobiy jihatlar mavjud.
Yagona maktab formasi xulq-atvor me’yorlari chegaralarini belgilashga yordam beradi va o‘quvchilarga maktabni ish muhiti sifatida ko‘rishga yordam beradi.
Shaxsiy ko‘rinish bilan bog‘liq ko‘plab chalg‘itadigan narsalarni kamaytiradi va ularning o‘qishlariga yanada samaraliroq e’tibor qaratishlariga yordam beradi.
O‘quvchilar o‘zlarini xavfsizroq va baxtli his qilishadi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, forma kiygan maktablarda tartib-intizom yaxshi, o‘quvchilar o‘rtasidagi mojarolar kamroq, axloqsiz xulq-atvor holatlari kamroq va o‘quv natijalari yaxshi bo‘ladi.
Maktab yoshidagi o‘smirlarning fikriga ko‘ra, maktab formasi ularga har kuni nima kiyishni hal qilish zaruratidan xalos bo‘lish yoki tengdoshlari tomonidan haqorat yoki tanqidga uchramaydimi, degan xavotirdan xalos bo‘lishga imkon beradi.
Uniforma o‘quvchilar o‘rtasida hamjamiyat hissini uyg‘otadi, diqqatni jamlaydi.
Qiziqarli fakt: Ko‘pgina yetakchi aql egalari, jumladan Stiv Jobsning shkaflarida yettita bir xil kostyumlar bor edi, chunki u bugun nima kiyishni hal qilish uchun kuch sarflamoqchi emas edi.
Ota-onalar uchun maktab formasi odatda qulayroq va tejamkor variant hisoblanadi.
O‘qituvchilarning fikriga ko‘ra esa, maktab formasi bolalarni tenglashtiradi va ijtimoiy farqlarni yumshatadi.
Maktab formasi foydasiga yana bir muhim fakt. Rivojlangan davlatlar, masalan, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Singapur, Malayziya kabi davlatlarga nazar tashlasangiz, ushbu mamlakatlardagi barcha nufuzli maktablarda maktab formasi talab qilinadi. Bu mamlakatlardagi ta’lim darajasi esa dunyoda eng yuqori ekani ma’lum.
Xulosa qilib aytsak, maktab formasi nima uchun kerakligi haqidagi eng muhim dalil – bolada dastlabki intizom hissi paydo bo‘lishiga turtki beradi. Bu esa o‘z navbatida bolaning jamiyat qonunlarini va intizomiga rioya qilish va mas’uliyat hissini oshiradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




