Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va GHERZI konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda to‘qimachilik korxonalari eksport menejerlari uchun malaka oshirish, to‘qimachilik kompaniyalarini Yevropa va Amerika importerlari bilan ishlash uchun merchandayser treninglarini tashkil etadi. Trening ushbu bozorlarga kirish uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga va mijozlarga bo‘lgan talablarni, shuningdek, ularning biznes jarayonlarini va istak – talablarini tushunishga qaratilgan.
Ushbu jarayon davomida mahalliy o‘qituvchilar/instruktorlar jamoasi barcha savol va talablarga javob berish uchun GHERZI tashkiloti tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va dasturning oxirida sizning eksport menejerlari yevropalik va amerikalik xaridorlar bilan ishlash dinamikasi haqida dastlabki g‘oyaga ega bo‘ladi.
Dasturga ushbu mavzular kiritilgan:
- Belgilangan eksport menejeri (AMI) o‘qituvchilar/instruktor bilan birgalikda fabrikangiz bo‘yicha 3 kunlik trening
Sana: 2022 yil maydan 2022 yil oktyabrgacha
- Korxonaning ehtiyojlariga moslashtirilgan qisqacha hisobot va tavsiyalar
Agar bu dastur sizni qiziqtirgan bo‘lsa, «O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi va GIZ ushbu dasturda ishtirok etishingiz uchun va korxonangizni ishtirok etishi uchun sizni taklif qiladi.
Ishtirok etish uchun sizdan ushbu formani to‘ldirishingiz iltimos qilinadi , o‘rinlar jonli navbat tartibida beriladi. https://ee.kobotoolbox.Org/x/zIIBNXuK
Agar sizga qo‘shimcha ma’lumot kerak bo‘lsa, sizdan Malika Ermatova (Murabbiy) bilan bog‘lanishingizni iltimos qilamiz: +998 933 996 999
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




