2021 yil 14 fevral kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga biriktirilgan 135-sonli maktabida Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasiga biriktirilgan Yakkasaroy tumanidagi 135-son umumta’lim maktabida uyushma vakillari, jamoat kengashlari, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchi ota-onalari bilan hamkorlikda buyuk shoir va mutafakkir, o‘zbek tili asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda zakovatli olim va tarjimon, donishmand tarixchi, yirik davlat va madaniyat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi nishonlash bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy, ijodiy, ma’naviy merosi yod etildi, ushbu ikki siymoning jahon tamadduni, o‘zbek she’riyati va adabiyotiga qo‘shgan hissasi, millatlar va elatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida qilgan beqiyos xizmatlari yana bir e’tirof etildi.
Shuningdek, maktab o‘quvchilari tomonidan sharq tillarida turli sahna chiqishlari, qo‘shiqlar taqdim etildi, she’r va g‘azallar xirgoyi qilindi, adabiyotshunoslar bisotidan lavhalar ko‘rsatilib, go‘zal raqslar namoyish etildi va tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi nomidan umumta’lim maktabi kitob fondiga turli xil janrdagi adabiy va tarixiy asarlar to‘plami hadya etildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




