O‘zbek dizaynerlari tomonidan yaratilgan liboslarlar Dubai Expo-2021 da qad roslagan O‘zbekiston milliy pavilonida va “Emirates Fashion Week” modalar ko‘rgazmasida namoyish etildi. Liboslar mahalliy aholi va sayehlarni qiziqishi va qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi.
Dubay shahrining Souk Madinat majmuasida joylashgan yangi formatdagi “Raqamli san’at teatri” binosida, Italiya, AQSh, Frantsiya, Shveytsariya, O‘zbekiston kabi bir qator davlatdardan kelgan dizaynerlar ishtirokida modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Turli davlatlar modasining eng yangi tendentsiyalari o‘rganish; zamonaviy va milliy liboslarni jahon podiumlarida namoyish etish bilan, o‘zbek moda industriyasining nufuzini oshirish, yosh dizaynerlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi tomonidan yosh dizaynerlarning BAAning Dubay shaxrida bo‘lib o‘tadigan “Emirates Fashion Week” modalar namoyishida ishtirok etishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, Dubay EXPO-2020 ning O‘zbekiston paviloni ko‘rgazma maydonchasida mamlakatimizning madaniyati, an’analari, moda sanoati va to‘qimachilik sanoatidagi yutuqlarini ko‘rsatib berish maqsadida, o‘zbek milliy va zamonaviy liboslari namoyishi tashkillashtirildi.
Tadbirda ishtirok etgan o‘zbek brendlari:
- “NOOOZA” brendi
- “OZODA SHOWROOM”brendi
- ”CARBONADO” brendi
- “DILRABO DESIGN” brendi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




