Joriy yilning 8 oktyabr kuni Hilton mehmonxonasida Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston uchun yangi yo‘nalish bo‘lgan Fashion Incubator Tashkent loyihasining taqdimotiga bag‘ishlangan rasmiy davra suhbati tashkil etildi. Dizaynerlar va tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu loyiha mamlakatning to‘qimachilik industriyasining xalqaro miqyosda obro‘sini oshirish va ijobiy imidjini shakllantirish, moda g‘oyalarini qo‘llab -quvvatlash, milliy maqsadining bir qismi sifatida moda sohasida barqaror biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Moda inkubatori nima?
Moda inkubatorlari – bu ko‘plab xizmatlar ko‘rsatish orqali yangi moda kompaniyalarining o‘sishiga yordam beradigan korxonalar. Ular moda maktablariga muqobil emas, chunki ular asosan dizaynga emas, balki biznesni rivojlantirishga e’tibor qaratadilar. Ular, shuningdek, ilg‘or uskunalar va texnik xizmatlardan foydalangan holda o‘z brendini yanada rivojlantirish uchun ko‘nikma va tajriba almashish imkonini beradi. Eng muhimi, ular boshqa ijodiy tadbirkorlar bilan aloqani osonlashtiradi. Ko‘pchilik arzon narxlardagi dizayn ishlarini, murabbiylik va ta’lim dasturlarini taklif qiladi, bu esa umumiy muhitida rivojlanayotganlar uchun idealdir.
Moda inkubatorining o‘ziga xos xususiyati nimada?
Toshkent moda inkubatori (FIT) uch bosqichli yo‘l xaritasiga muvofiq amalga oshiriladi:
- 1 -bosqich – barqaror moda g‘oyalariga e’tibor qaratib, tanlangan 10 nomzoddan birinchi tinglovchilar uchun ishlab chiqarish korxonasi va oldindan inkubatsiya dasturini yaratish.
- 2-bosqich-birinchi darajali xizmatlar va ko‘mak bilan to‘la moda inkubatorni ishga tushirish.
- 3-bosqich – kuchli mahalliy moda sahnasini yaratish, ixtisoslashtirilgan ko‘p funktsiyali moda markazining paydo bo‘lishi orqali Toshkentni mintaqaviy moda poytaxti sifatida shakllantirish.
Inkubator hamkorlarga nima taklif beradi? Potentsial hamkorlarga murojaat!
Rasmiy davra suhbatining asosiy vazifalaridan biri – ishtirokchilarni mamlakat uchun yangi tashabbusning faol hamkorlari bo‘lishga undashdir. Maqsadlarga erishish va 3 bosqichli loyixani amalga oshirishni boshlash uchun loyiha haqiqatan ham moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi talab etiladi. Dastlab, mablag‘ yig‘ish kampaniyasini start berish va davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektorni ushbu ulkan loyihani qo‘llab-quvvatlashga ishontirish rejalashtirilgan.
Loyiha tashabbuskorlari
GIZ – Germaniyaning federal kompaniyasi bo‘lib, 120 ga yaqin mamlakatlarda faoliyat olib boradi. GIZ Germaniya Federativ Respublikasi hukumatini barqaror rivojlanishga ko‘maklashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik maqsadlariga erishishda qo‘llab -quvvatlovchi tashkilot.
GIZ O‘zbekistonda 1992 yildan buyon loyihalarni amalga oshiradi. Xalqaro hamkorlik doirasida GIZ iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, shuningdek, tabiiy resurslarni muhofaza qilish sohasidagi islohotlarni qo‘llab -quvvatlaydi. Barqaror iqtisodiy rivojlanish va sog‘liqni saqlash Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1950 dan ortiq korxonalarini birlashtiradi. Uyushmaning asosiy maqsad va vazifalari mamlakat to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmini oshirish va to‘qimachilik mahsulotlarining sifatini yaxshilash, assortimentini kengaytirishga qaratilgan siyosatni shakllantirishdan iborat. Eng yaxshi dizaynlar zamonaviy moda sanoatining tendentsiyalari va yo‘nalishlari asosida ishlab chiqarish jarayonini yaxshilash ustuvor vazifa sifatida rivoshlantirilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




