2019 yilda asos solingan Bukhara Cotton Textile Denim Division kompaniyasi o‘zini faqatgina muvaffaqiyatli tekstil klasteri sifatida emas, balki B Jeans urfdagi jinsi kiyimlar brendi sifatida ham ko‘rsatdi.
Barcha kiyimlar mustaqil tayyorlangan xomashyodan tikiladi. Kompaniya paxta ekib, uni terib oladi va tozalaydi hamda ishlov beradi. Shundan so‘ng matolar tayyorlanadi va ularni bo‘yashda tabiiy indigofera bo‘yog‘idan foydalaniladi. Bo‘lg‘usi mahsulotlarning dizaynlari yaratilganidan keyin, tajribali xodimlar bichish va tikishni boshlashadi.
Bukhara Cotton Textile klasterida barcha jarayonlardan o‘tgan tayyor mahsulotlar xaridorlar uchun do‘kon peshtaxtalariga yuboriladi.
2020 yilning 26 sentyabr kuni Bukhara Cotton Textile o‘zining birinchi do‘konini ochdi, oradan bir yil o‘tib esa do‘konlar soni butun respublika bo‘ylab o‘ntaga yetdi: yettitasi Toshkentda va bittadan Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida. Yana uchta do‘kon esa O‘zbekiston tashqarisida faoliyat yuritmoqda: O‘sh (Qirg‘iziston), Dushanbe (Tojikiston) va Olmaota (Qozog‘iston).
Yangi Denim Lab loyihasi
Ësh kompaniya erishilgan yutuqlar bilan to‘xtab qolmasdan, odamlarni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan yangi loyihalarni sinab ko‘rmoqda. Kompaniya mamlakat brendini xalqaro bozorda ommalashtirish bilan bir qatorda, o‘zbekistonliklar uchun ham qo‘shimcha imkoniyatlar haqida o‘ylamoqda.
Compass savdo-ko‘ngilochar majmuasida yangi shakldagi – Denim Lab do‘koni ochildi. Do‘konni haqiqiy zavod laboratoriyasi deyish mumkin, hozirda u yerda ikkita brend taqdim etilgan: B Jeans va Ricci. Assortiment faqatgina turli uslub va bichimdagi mashhur jinsilardan emas, balki kurtka, ko‘ylak, yubka va boshqa kiyimlardan ham iborat.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




