Andijon – To‘qimachilik sanoatida rivojlanishning yangi nuktasi
Andijon viloyati Respublikamizning iqtisodiy va madaniy rivojlangan viloyataridan biri. Viloyat barcha jabhalarja – hunarmandchilik, yengil sanoat, mashinasozlik, bog‘dorchilik, paxtachilik, sport va musiqachilikda yetakchi. Andijon viloyati har bir yo‘nalishda o‘ziga xos yangicha uslubga ega – paxta yetishtirishda Andijon usuli (plyonka ostiga chigit ekish), Namunali uylarning qurilishida Andijon modeli, Andijon boks maktabi va boshqalar. To‘qimachilik sanotida ham Andijon viloyati yangi rivojlanish nuqtasiga bo‘lib, innovatsion va tizimli loyihalarni amalga oshirish natijasida O‘rta Osiyo to‘qimachilik markaziga aylanmoqda.
Bugungi kunda viloyatda 655 ta to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoati korxonalari faoliyati yuritib kelmoqda. Bu ko‘rsatgich bilan Andijon respublikada 3 o‘rinni egallamoqda. Viloyatda azaldan pahtachilik keng rivojlangani natijasida viloyatda yirik yigiruv korxonalari faoliyat olib boradi. Viloyatda yiliga 138,1 ming tonna ip kalava (161,9 ming tonna paxta tolasi), 47,0 mln.kv.m.ip gazlama, 58,1 ming tn. trikotaj mato va momiq mato, 521,8 mln.dona tayyor tikuv-trikotaj, 23,4 mln.juft paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega hamda mavjud ish o‘rinlari 60 ming tani tashkil etadi.
Ulardan qariyib 160 ta korxona maxsulotlarini eksportga yo‘naltiradi. O‘tgan yil natijalariga ko‘ra viloyat 327,9 mln.dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini dunyoning 19 ta davlatiga eksport qilishga erishgan.
Andijon viloyatining to‘qimachilik investitsiya salohiyati ham yuqori baholanadi. Bunga viloyatda xomashyo bazasi, rivojlangan logistik kanallar, malakala va izlanuvchan kadrlar, tabiy resusrlar va infratuzilmaning mavjudli va keng rivojlanganidir. So‘ngi 4-5 yil mobaynida viloyatda 20 ta yirik to‘qimachilik loyixalari amalga oshirishga erishildi
2020-2021 yillarda qiymati 150,1 mln. dollar bo‘lgan jami 21 ta yirik loyihalar ishga tushirildi, jumladan: Andijon shahrida “Bobur XBK” MCHJ (7,8 mln. dona tikuv-trikotaj mahsulotlari), Xo‘jaobod tumanida “Mustaxkam tekstil” (7,2 mln. dona tikuv-trikotaj mahsulotlari), Qo‘rg‘ontepa tumanida “Khantex Group” MCHJ (5,0 mln.kv.m. ip gazlama, 2,4 ming tonna bo‘yalgan trikotaj mato, 10,0 mln. dona tikuv-trikotaj mahsulotlari), Andijon shahrida “Dinar Group” MCHJ (9,0 ming tn. bo‘yalgan trikotaj mato, 2,0 mln. dona tikuv mahsulotlari) va boshqa korxonalar. Natijada ushbu loyihalarda
6 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Andijon – O‘rta Osiyoda yirik to‘qimachilik markazi
Andijon viloyati tadbirkorlari mavjud imkoniyatlar keng foydalanish orqali to‘qimachilik sanoatida o‘zgacha yondoshuv orqali to‘qimachilik sanoatini jadal rivojlantirishga erishishdi. Paxta tolasini yetishtirishdan to tayer maxsulotgacha bo‘lgan jarayonni – mukammal ishlab chiqarish zanjirini barpo etishga erishildi. Olib borilgan islohotlar va tadbikorlikka keng yo‘l ochib berilganligi natijasida viloyatda O‘zbekiston va O‘rta Osiyo xududida yagona bo‘lgan to‘qimachilik korxonalari ishga to‘shirildi. Rivojlanish vektorlari turli, lekin ayni bir maqsadda ish olib borayotgan korxonalarga to‘xtalamiz.
Joriy yilning iyun oyida “BOBUR HBK” MCHJ tomonidan Andjon shahrida umumiy kiymati 33,0 mln.dollarni tashkil etuvchi “DiROMM Jeans” korxonasi ishga tushirildi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish kuvvati 9 mln. dona. djinsi maxsulotlarini tashkil etadi, eksport saloxiyati 50,0 mln dollardan ziyod. Loyiha ishga tushishi bilan 2700 yangi ish urinlari yaratildi.
Texnologik jihatdan mukammal hosoblangan ushbu korxona innovatsiyalarni joriy qilgan holda djinsi mahsulotlarini ishlab chiqarishda eng yirik korxonaga aylandi.
Korxonani ko‘zdan kechirar ekansiz to‘qimachilik sanoati korxonalari san’at asari darajasiga ko‘tarilganligiga guvoh bo‘lasiz. Korxonada har bir uskuna va jihozlashga alohida estetik ahamiyat berilgan. Innovatsiyalar bilan uyg‘unlashgan ishlab chiqarish bosqichi tez fursatda sifatli va o‘zgacha dizayndagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “DINAR GROUP” kompaniyasi tomonidan Andijon shahrida amalga oshirilayotgan bo‘yok kompleksi loyihasi ham yirik loyihalardan biri.Korxonaning 2-boskichdagi loyixa kiymati 10,0 mln.dollarni bo‘lib, shundan korxonaning o‘z mablag‘lari 7.7 million dollarni tashkil etadi. Korxonada 1000 yaqin yangi ish urinlari yaratilgan. Yillik eksport saloxiyati 20,0 mln dollarni tashkil etadi.

Loyiha 2021 yil mart oyida foydalanishga topshirilgan bo‘lib Turkiya, Xitoy, Yaponiya va Yevropa davlatlarining mashxur to‘qimachilik uskunlarini ishlab chiqaruvchilarining to‘qimachilik dastgolari o‘rnatilgan.Bu yiliga 5,0 ming tonna trikotaj mato, 3,5 million dona tayyor trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradi.

Milliy brend – milliy g‘urur
Albatta, Andijon to‘qimachilik sanoati xaqida so‘z borar ekan u yerda yaratilgan milliy kiyim brendlariga alohida to‘xtalmaslikni iloji yo‘q. Har bir xonadonda Samo, Milana, Barchnoy kabi oilaviy kiyim brendlari mahsulotlari kirib borgan. “Milliy brend – milliy g‘urur” shiori ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xalq mexrini qozona oldi va bugunga kelib eng sevimli kiyim brendlar sifatida tan olingan. Bu qatorga tez orada Diromm brendi ham qo‘shiladi deb umid qilamiz.
Andijon to‘qimachilik maktabi modeli
Erishilgan natijalarda to‘xtab qolmay, Andijonlik to‘qimachilik korxonalari tomonidan to‘qimachilik maktabini yaratish va uni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Xususan “Nil Grant” MCHJ tomonidan “Samo” klaster innovatsion texnologilar instituti tez orada ishga tushish arafasida.

Andijonda maxsus to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayerlashga bilim yurti mavjud emas. Bu yerda tayerlanadigan kadrlar aynan ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etib olgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatiga ega.

Innovatsion to‘qimachilik maktabi Turkiya, Germaniya va Latviya kabi davlatlarning ilg‘or to‘qimachilik oliygohlari tajribasini o‘rgangan va ularning eng samaralisini tadbiq etadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT






