Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) 2020 yilgi paxta yig‘im-terimi to‘g‘risidagi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston terim paytida bolalar mehnatidan butunlay voz kechganini va majburiy mehnatni deyarli yo‘q qilganligini tasdiqlaydi.
Mutaxassislar guruhida GFR Tashqi ishlar vazirligi, Federal iqtisodiyot va texnologiyalar vazirligi va Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi O‘zbekiston erishgan natijalarni ijobiy baholadi.
Ekspertlar muhokamasida 2006 yildan buyon mavjud bo‘lgan O‘zbekistondan paxta eksportini boykot qilish haqidagi mavzu ham o‘rin oldi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasida qo‘shimcha qiymat yaratishga tayanayotganini ijobiy baholash mumkin.
Paxta xom ashyo sifatida kamdan-kam eksport qilinadi, lekin ip va to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rinishida eksport qilinishi mumkin.
GSP+ (O‘zbekiston 09.04.2021 dan boshlab YEI ning GSP + preferentsiyalar tizimining benefitsiari) tufayli endi ularning Yevropa Ittifoqiga bojsiz kirishi mumkinligi mamlakat uchun yangi istiqbollarni ochib beradi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




