8 mart – xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ayol xodimlarini tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi rahbariyati va erkak xodimlari ushbu bayramga o‘zgacha yondashib, doimiy ravishda ayollarimizni hayratga solishadi. Bu yil ham an’anadan chetlashmagan holda aziz ayollarimiz uchun bir qator sovg‘alar tayyorlandi va bayram arafasi taqdim etildi.
Bayram shukuhiga to‘la davrada to‘qimachilik sanoatida sidqi dildan xizmat qilayotgan barcha ayollarni Uyushma rahbariyati tabriklab, hozirda to‘qimachilik sanoati nafaqat ishlab chiqarish va eksportda drayver ekanligi, balki gender tenglikni ham yetakchilik qilib kelayotgani ta’kidlandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT















