Joriy yilning 11 fevral kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasining Pokistondagi elchixonasi va “AKD GROUP HOLDINGS” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rais o‘rinbosari Baxtiyor Muhammadsaidov O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik hamda paxta-to‘qimachilik klaster tizimida amalga oshirilayotgan jadal o‘zgarishlar shu bilan birga davlat tomonidan belgilangan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shu jumladan, hozirgi vaqtga kelib, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoat mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi davlatlar orasida yurtimiz yuqori reytingda turganligi va eksport tovarlar nomenklaturasida ip-kalavadan tortib to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olganligi alohida ta’kidlandi.
“AKD GROUP HOLDINGS” kompaniyasi tomonidan Nazir Rizvon Xoshimi Pokiston davlatining ekspertlari O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti muhitini o‘rganib chiqib bir qancha xulosalarga kelganligini ma’lum qildi.
Barchaga ma’lumki dunyo miqyosida O‘zbekiston paxtasi yetakchi o‘rinda va bugungi kunga kelib eng ilg‘or maqsadlaridan biri Yevropa bozoriga raqobat bardosh mahsulotlari bilan kirish va o‘z o‘rnini topishdir shu yuzasidan Pokiston hukumati hamkorlik munosabatlarini kuchaytirish maqsadida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga bir qancha istiqboli takliflar kiritdi, jumladan ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida Sanoat Kooperatsiyasi tashkil etish ta’kidlab o‘tildi. O‘zbekiston hududida tayyor gazlama, ip kalava va boshqa to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarib, Pokiston davlatiga eksport qilish, bo‘yash va tayyor kiyim holatida O‘zbekiston va Pokiston qo‘shma brendi ostida tayyor kiyimlarni Pokistoning GSP+ tizimidan foydalangan holda dengiz yo‘li bilan Yevropa bozoriga chiqish takliflarini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan yarim tayyor matolari (bo‘z, gazlama) Pokiston davlati o‘ziga import qilib, so‘ng yarim tayyor matolarga qayta ishlov berib, Yevropada mashhur shim ishlab chiqaruvchi brendlariga yetkazib berilmoqda ekanligi ma’lum qildi, shu sababli, yarim tayyor matolarga ishlov berish texnikasini O‘zbekistonda yanada jadallashtirish lozim degan takliflarni berildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




